Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Bolalarga monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni nima-
lardan iborat?
2. Uning vazifalari haqida ma’lumot bering.
3. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar qanday 
tashkil etiladi?
4. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar tuzila-
yotganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?


145
17-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at
ishini olib borishning mazmuni
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borish
vazifasi.
2. Lug‘atni boyitish va faollashtirish. 
Tayanch tushunchalar: 
lug‘at ishi, lug‘at zaxirasi, nutq madani-
yati, umumlashtirish, assotsiativ metod, she’va leksikasi, lug‘atni 
egallash, antonimiya, sinonimiya, tashbeh (epitet)lar.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib bo-
rish vazifasi. 
Lug‘at ishining bosh vazifasi – lug‘at zaxirasini boyi-
tish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir.
Bolalar lug‘atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga 
oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli 
so‘zlarni kiritish tashkil qiladi.
Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biri-
ga yaqin so‘zlarni tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat 
fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni 
belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.) 
o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg‘unlashib ketishi lozim.
Antonimlar ustidagi ishlar (qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan 
so‘zlar) bolalar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzishda amalga 
oshirilishi kerak. Pedagog bolalarga maqollarda, matallarda antonim-
larni topishni o‘rgatishi zarur. Ko‘p ma’noli so‘zlarda antonimlarni 
topish bolalarning so‘z haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, uning 
mazmunini aniqlashtirishga yordam beradi. Qarama-qarshi ma’noga 
ega bo‘lgan so‘zlardan iborat so‘z birikmalarini tanlar ekan, bolalar 
so‘zlarning ko‘p ma’noliligini yanada chuqurroq tushunadilar (eski 
ko‘ylak – yirtilgan, eski do‘st – uzoq do‘st).
So‘zlarning ko‘p ma’noliligini maktabgacha yoshdagi bo-
lalarga ularga yaxshi tanish bo‘lgan aniq predmet ahamiyatiga 
ega bo‘lgan (ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq) 


146
so‘zlarda ko‘rsatish darkor. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar 
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi mumkin: so‘zni ay-
tish, unga belgilar va harakatlar tanlash – so‘z birikmasini, so‘ngra 
gaplarni tuzish va oxir-oqibatda ko‘p ma’noli so‘zlardan ravon 
matnda foydalanish.
Lug‘at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalarni hal etish ja-
rayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, 
ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda 
fikr bildirish uchun so‘zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik 
vositalarni tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor 
qaratish lozim.
Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi-
larni hisobga olishi lozim:
– leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;
– semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish);
– so‘zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan 
o‘zaro bog‘liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida 
o‘tkazish tavsiya etiladi.
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar – nutqning mazmun 
jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli 
predmetlar va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va 
funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyekt-
lar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy 
vaziyatlar (quvnoq va g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va 
kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya 
qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining 
aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam 
beradi.
Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq 
madaniyatiga ta’sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilin-
gan adabiy so‘zlar va ifodalarni ma’lum qiladi, ularni to‘g‘ri 
tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda 
uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta’qiqlaydi), ularni 
adabiy me’yorlar bilan almashtiradi. “Lug‘atni egallash» atama-


147
si – bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni al-
batta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning 
yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan», 
insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish 
mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat – bu faqat bolalarga yangi 
so‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishir. Bolalar 
bog‘chasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish 
yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib 
borishdan iboratdir. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə