Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Harakatli o‘yin:
«Kim tezroq paxta teradi». 
Ikkita guruh bittadan yugurib borib, chanoqni olib, savatga soli-
shadi, orqaga qaytib, safning ortiga turishadi.


150
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
• 
Paxtani kimlar yetishtiradi?
• 
Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
• 
Paxtalarni qaysi mashinalarda teradilar?
• 
Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borish 
vazifasi.
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar qaysii yo‘nalishlar 
bo‘yicha olib boriladi?
3. Lug‘at ishi jarayonida qaysi sifatlarning oshishiga erishiladi? 
4. Lug‘at ishlarini tashkil qilishda nimalarni hisobga olish 
lozim? 
5. Lug‘atni boyitish va faollashtirishga qanday erishiladi?


151
18-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni 
rivojlantirish metodikasi
Reja:
1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish.
2. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh.
3. Tovush tizimi, intonatsiyaning mohiyati va mazmuni.
Tayanch tushunchalar: 
nutqiy va fonematik eshitish, nutqiy mu-
loqot, tovush tizimi, tovush artikulatsiyasi, artikulatsiya, intonatsiya, 
jismoniy daqiqa, ohang, tembr, pauza, og‘zaki (dialogik) nutq, ra-
von nutq, tovush madaniyati, nutqni rivojlantirish, tetiklashtiruvchi 
mashq, orfoepik talaffuz, xalqona talaffuz, prosodemalar, nonutqiy 
vosita, orfoepiya.
1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish. 
Bolalarning 
ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boylikla-
rini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida 
o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoni-
yatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil 
O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la 
olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivoj-
lantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu soha-
ning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona 
tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va 
yangi tildagi so‘zlarga o‘rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyat-
larini farqlash zarurligi; to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, 
tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlarning qattiqligi-
yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri adabiy talaffuzni mashq qilishni 
nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor.


152
Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik 
(ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan 
boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda 
ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi aso-
ratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq 
mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvis-
tik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. 
Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada 
egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy she-
vadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi 
va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi 
mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talaffuzni shakl-
lantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida 
quyidagi vazifalar turadi:
– bolalarda artikulatsiya apparatining harakatchanligini rivoj-
lantirish;
– eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish;
– bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik qoi-
dalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;
– bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish;
– milliy shevaning oldini olish.
To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush 
madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi. 
Bu ish lug‘atni, ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan 
bir vaqtda amalga oshiriladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo-
lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti 
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodi-
kasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: 
nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbi-
yalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qan-
day sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), 
nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirish-
ning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi 
ma’lumotlariga asoslanmoqda).


153
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalar-
da nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuni-
yatlarini o‘rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni 
rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ish-
lab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqi-
yatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‘chalari 
tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o‘rgatishning 
obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi 
sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda 
hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. 
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan 
kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda 
bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochi-
radi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni ri-
vojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda 
rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amali-
yotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z 
yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə