Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «O‘jar jo‘jacha»



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «O‘jar jo‘jacha». 
Maqsad
: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yet-
kazishga, jumlalarni qisqa, lo‘nda tuzishga o‘rgatish.


156
Vazifalar:
• 
Bog‘langan nutqni rivojlantirish.
• 
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish 
malakasini mustahkamlash.
• 
Savodga o‘rgatish. So‘zlardan gap tuzish va uni «o‘qish» ma-
lakasini o‘stirish.
• 
So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish.
Kutilayotgan natijalar

• 
Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.
• 
Sifatlarning qiyosiy (solishtirma) darajalarini yasashga 
o‘rganadilar. 
Kerakli jihozlar:
• 
Mavzuga oid rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi
. Bolalar, hozir men sizga o‘jar jo‘jacha 
haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning 
davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jo‘jasi bor ekan. Ulardan 
bittasi o‘jar ekan. Onasining so‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. 
Bir kuni ona tovuq jo‘jalarga yolg‘iz ko‘chaga chiqmanglar, adashib 
qolasiz, - deb o‘zi donlagani ketibdi. Oradan ko‘p o‘tmay haligi 
o‘jar jo‘ja ko‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri 
adashibdi. Yo‘lda bir gala g‘ozlarni ko‘ribdi. Chi-chi mening onam 
qayerda ? – deb so‘rabdi. G‘ozlar bilmaymiz, deb suvga cho‘milgani 
ketishibdi. Jo‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi, yo‘lda kuchuk-
chani ko‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb so‘rabdi. 
O‘jar jo‘jacha yo‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini 
topib oldi. Shular haqida hikoya tuzib aytib bering.
Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi. 
Yo‘lda o‘jar jo‘jacha mushukni ko‘rib qoladi. Mushuk jo‘jani 
aldab tutib olmoqchi bo‘lib turganda, ona tovuq yugurib kelib mu-
shukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq o‘jar jo‘jachani ham urishibdi. 
Jo‘ja esa o‘jarligidan pushaymon bo‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari 
uchun ular 3–4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi
ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi.
Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni 
rag‘batlantiradi.


157

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə