Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Nutqni rivojlantirish
metodikasi boshqa har qanday pedagogika 
fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi 
ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi in-


158
sonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‘ladigan 
va rivojlanadigan fikrlash uni o‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi. 
Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilarning ish
-
lab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish 
zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud 
bo‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda-
gi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan 
bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. 
Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jara-
yonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga 
qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog 
- muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. 
Bolalar endi qo‘shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning 
ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq obyektiv aloqalar-
ning o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, to-
vush, qofiyalar va fikrlar bilan anglaydi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turli-
cha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z 
ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini 
o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga 
ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z 
o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq 
atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va 
odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish 
faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun 
bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor 
bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifo
-
dasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tu-
shunarli bo‘lgan) foydalanadi. 
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas 
individual qiyofasini yaratgan holda o‘zaro hamjihatlikda mavjud 
bo‘ladi.


159
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kom-
pozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs ji-
hatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik 
muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o‘z manfaatlariga 
yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini, uning qiziqishlari, is-
taklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Dialogda nut-
qiy harakatlarni muvofiqlashtirish bevosita o‘z tengdoshini tushuna 
olish va uning nuqtayi nazarini qabul qilishga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə