Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. 
Nutqni rivojlan-
tirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‘la-to‘kis 
rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nut-
qini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayon-
da zarurdir. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.
Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, 
shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvon-
dan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq 
ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi hamda u o‘smirda va 
yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, 
balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal 
takomillashib boradi. 
Bolalarning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kattalarning taklifiga 
ko‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertak-


154
lar, suratlar va o‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so‘zdagi 
mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni 
o‘rgatish. Dabdurustdan tug‘ilgan so‘z ijodkorligida, tovushlar va 
qofiyalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘zlar bilan amalga oshi-
riladigan sinovlarda, ularning jarangdorligi va ahamiyati, so‘zlar 
mazmunini talqin qilishda ko‘zga tashlanadigan so‘zlarga qiziqishni 
qo‘llab-quvvatlash. Til voqeyligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, 
bolalarni «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish.
Lug‘at. So‘zning mazmun jihatlari haqidagi tasavvurlarni takomil-
lashtirish, bolalar nutqlarini antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli 
so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‘zlar, qi-
yoslashlar, o‘xshatishlar, aniq fe’llarni faollashtirish. Nutqning gram-
matik qurilishi. So‘z o‘zgartirishdagi qiyin holatlarni (ko‘plikdagi 
otning bosh va qaratqich kelishigi, o‘zgarmaydigan otlar, buyruq 
mayllari, fe’l shakllari, tugallangan va tugallanmagan fe’l shakllarini 
vujudga keltirish) o‘zlashtirishga yordam berish. 
Fe’l, ot va sifatdan so‘z yasash usullarini shakllantirish. Gap 
tuzilmasini takomillashtirish, turli xil tuzilmadagi - oddiy, qo‘shma 
gaplarning, birovlar nutqining faol qo‘llanilishiga yordamlashish. 
Grammatik vositalarni o‘rganish jarayonida nutqqa nisbatan tan-
qidiy munosabatni, to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlash. 
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning 
talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika 
jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarang-
siz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz 
etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlarni 
to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba-
landligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish 
mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib 
inson hayotining eng muhim davrlaridan biri – uning birinchi «do-
rilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo, haqiqiy dorilfunun talabasidan 
farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta’lim oladi. U 
jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), 
matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik 


155
kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni 
o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy 
adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga 
qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy 
shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi. 
Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri 
talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gap-
lar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bu-
larning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini 
har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
 
Lug‘at ishi jarayonida 
(va boshqa nutqiy vazifalarni hal etish jarayonida) pedagog bolalarda 
nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga 
oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‘zlovchining 
niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalarni tanlab olish qobiliyatini 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi-
larni hisobga olishi lozim:
– leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;
– semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish);
– so‘zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan 
o‘zaro bog‘liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida 
o‘tkazish tavsiya etiladi.
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar – nutqning mazmun jiha-
tini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar 
va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni 
ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‘yinchoqlar, 
rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va 
g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) 
ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari 
bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar 
bilan boyitilishiga yordam beradi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə