Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Lug‘atni boyitish va faollashtirish



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2.
Lug‘atni boyitish va faollashtirish. 
Lug‘atni rivojlantirishda 
uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu an-
tonimiya 
(o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk)
, sinonimiya 
(o‘tkir - uchi 
o‘tkirlangan, o‘tkirlangan)
, ko‘p ma’nolilik 
(o‘tkir pichoq, achchiq 
qalampir, achchiq til)
kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda 
faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, inson-
lar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni 
hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan 
so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida 
nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki 
antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga 
egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida 
umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va 
boshq.) shakllanadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbi-
yalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni 
tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, si-
nonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, 
mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. 
Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida 
rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga 
bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar 
bilan muayyan shakldagi
 
muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi 
olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki til-
ning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratil-
gan muloqotga muhtoj bo‘ladilar. Lug‘at ishlariga oid dasturlarni 


148
amalga oshirish mashg‘ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu 
tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg‘ulotlardan tashkil topadi:
Lug‘at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar 
va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
mashg‘ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.);
Lug‘at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi 
bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg‘ulotlar (sifatlar, 
xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);
Umumlashtirishlar jarayonida lug‘at ishining hal qiluvchi vazi-
fasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar. 
Nutqiy va lug‘atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivoj-
lantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). 
Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda 
tashkil etilishi, bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida 
ko‘rgazmaviylikning mavjudligi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə