Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar.
Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning bog‘cha». 
Maqsad

Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan 
voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:
• 
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malaka-
sini shakllantirish.
• 
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish 
malakasini mustahkamlash.
• 
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini an
-
iqlash (xafa, xursand).
• 
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.
Kutilayotgan natijalar

• 
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi 
shakllanadi.
• 
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga 
o‘rganadilar. 
• 
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.


140
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi 
shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga 
o‘rganadilar. 
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi
: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab-
gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha 
ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak-
tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi 
haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz 
uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
1. 
Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada
joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?
4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
Tarbiyachi
: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib 
oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu-
naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. 
Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari 
bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini 
o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha 
ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi). 
Tarbiyachi
: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim 
muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir 
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola 
aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini an
-
iqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatlardagi kayfi
-
yatda aytishlari mumkin).


141

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə