Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Jismoniy daqiqa:
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasamizning qanday xonalari bor?
4. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
5. Kimning hikoyasi sizga yoqdi?


131
Jonlantirish uchun savollar:
1. Bolalarga dialogik nutqni o‘qitishning asosiy metodini tavsif-
lab bering.
2. Suhbatdan qaysi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin?
3. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlarda 
pedagog qaysi asosiy metodlardan foydalanishi zarur?
4. Reproduktiv va qidiruv savollari nimani anglatadi?
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to‘g‘riligini 
qanday o‘stiriladi?
2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulot-
larning qanday ahamiyati bor?
3. Nutqda eng muhimi qaysi?
4. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir qanday maxsus 
mashg‘ulotlarni bilasiz?
5. Dialogik nutqqa o‘rgatish usullari haqida nimalarni bilasiz?


132
15-§. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish
Reja:
1. Monologik nutqini shakllantirishning nazari asoslari. 
2. Monologik nutqini shakllantirish usullari.
Tayanch tushunchalar:
zanjirli aloqa, intonatsiya, kontaminatsi-
yalangan, Monologik nutq, so‘z ijodkorligi, nutqning grammatik 
tizimi.
1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari.
Mo-
nologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi 
va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab 
berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda 
matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, 
gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi 
tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar 
o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirish
-
ning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tar
-
qalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng 
tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, si-
nonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari 
hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-
barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta 
takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi 
zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki 
hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga 
yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni 
o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib 
berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratish zarur.


133
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning 
uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini 
shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tu-
gallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik 
nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh 
yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqea-
lar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon 
qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savol-
larni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini 
qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya maz-
munini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib 
qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr 
bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon 
qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikr
-
larida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, 
ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib 
ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, 
o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tu-
zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli 
xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya 
etiladi.
So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim 
til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida-
gi ishlarning umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi.
Ona tilining lug‘at tarkibini egallash uning grammatik tizimini 
o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush 
jihatini shakllantirishning zarur shartidir.
So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmu-
nidir. Insonda so‘zlarning turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar 
davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniq-
likni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari 
bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn 


134
bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon 
fikrlarni hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ularni mazmu
-
niga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakl-
lantirishga yordam beradi.
Narsalarning so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan 
borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab-
gacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, 
balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashti-
rish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni qo‘llashdagi se-
mantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir.
Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan 
bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi 
bog‘liqliklar o‘rnatilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlarni 
mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til 
birliklari o‘zaro bog‘langan va bir-biriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid 
qatorlarni tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida joyla-
shadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p ma’noli 
so‘z bo‘lmish 
igna
archasimon daraxt bargi ma’nosida quyidagi 
semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi – novdalar – ya-
shil – momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» 
ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq 
- mato ustidan ip bilan tikmoq – ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ylagi – 
naqsh – o‘tkir-o‘tmas va h.k.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə