Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Monologik nutqni shakllantirish usullari



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. Monologik nutqni shakllantirish usullari. 
Bolalarda gram-
matik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllanti-
rish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish 
uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z 
hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sin-
taksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsi
-
yani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi 
va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega 
bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga 
(gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin-


135
chi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma-
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda 
– hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy 
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni 
ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar – bolalar-
ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini 
rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik-
masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri 
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirish
-
ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta 
yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish 
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning 
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 
alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. 
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullari-
ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni 
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara-
yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla-
nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu-
zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli 
muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil, 
ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning 
sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu 
darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli 
metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihat-
larini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va 


136
maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, 
ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan 
tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi 
hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or-
tishiga olib keladi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə