Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Kutilayotgan natijalar: 
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi 
shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga 
o‘rganadilar. 
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.


130
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi
: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab-
gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha 
ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak-
tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi 
haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz 
uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
1. Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada 
joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?
4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
Tarbiyachi
: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib 
oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu-
naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylash-
gan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira 
xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar 
kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. 
Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar 
hikoyalari tinglanadi). 
Tarbiyachi
: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim 
muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir 
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola ay-
tadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlay
-
dilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari 
mumkin).

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə