Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik 
vazifasi.
Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi 
ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta 
odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalik-
dagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik 
tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola 
qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stul-
chaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi).
Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevo-
sita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat 
bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dia-
logga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan 
foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlanti-
rishdan iborat bo‘ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga 
kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatla-
rini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga 
ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matrushka 
kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun 
kashf qiladi. Biroq bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilma-
sin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab 
chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtirila-
di; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) 
mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni 
amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
2. Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari. 
Dialogga 
bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol 
nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlash
-
ning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish 
hamda o‘rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar baja-
rish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni 
aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan 
bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlarni rivojlantirish va umum-
lashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.


121
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsi-
yalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dia-
logga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, 
bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi 
chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildi
-
radi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir 
so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga 
aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dada-
sining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining 
mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona 
o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq 
o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalar-
gacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalash-
da foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va 
buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z 
yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi 
bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi 
ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosa-
batlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyin-
roq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yil-
ning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bola-
ning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30–40 ta 
so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat 
bo‘ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita 
namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar 
va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini 
va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
2 yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200–300 tagacha o‘sadi. Uning 
fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli 
iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialog-
ga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq 
keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo, katta yoshli yaqin qa-


122
rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan 
birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof- 
olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola 
nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U 
tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, 
o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va taklif-
lar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, his-
siyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun 
so‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan 
so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli 
ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash, ular bi-
lan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan 
o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli 
hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak-
xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur 
qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsional 
aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e’tiborni jalb qilishga yordam beradi: 
bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq 
bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar. 
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol 
yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’siri 
ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqin-
li qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yin-
po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vazi-
yatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay bosh-
laydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va 
o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvo-
not bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar 
haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə