Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Qobusnomadan
).
Xulosa:
Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vosita-
sidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til 
emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsul-
lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur 
mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari haqida 
nimalarni bilasiz? 
2. Ravon nutqning mohiyati nimalardan iborat. 
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa 
o‘rgatish jarayoni qanday kechadi? 
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi deyilishini asoslab 
bering.
5. Ta’lim muassasalarida o‘qitish qanday shakllarda amalga os-
hiriladi? 
6. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa 
ijodiy o‘rgatish usullari haqida nimalarni bilasiz? 


118
13-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Reja:
1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari. 
2. Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari.
Tayanch tushunchalar:
 
dialog, imitatsiya metodi, talaffuz, gram-
matik ko‘nikma, dialogik nutq, jonlanish kompleksi, emotsional, ijo-
biy munosabat.
1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari.
Dia-
logik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi. 
Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng 
jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida 
to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va 
undov gaplar ham uchraydi.
Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan mulo-
qotining asosiy shakli hisoblanadi
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
a) erkin nutqiy muloqot
b) maxsus mashg‘ulotlarda
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bola-
lar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini 
tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega 
bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda 
o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib 
turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa 
bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan 
turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni 
(yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kat-
talar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr 
almashish shaklida ro‘y beradi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə