Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar-



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar-
ning ahamiyati.


119
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar 
suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz-
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). 
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi 
so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut-
gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, 
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. 
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z 
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat pay-
tida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni 
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralari
-
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish 
kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy mu-
nosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2–2,5 oydan boshlab kichkintoy 
dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) 
shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emot-
sional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola 
hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni emotsional-
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim 
yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga 
aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga 
yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo 
bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 
kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tar-
biyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning 
o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.


120

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə