Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Xulosa: 
Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, 
birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining 
nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va 
qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima 
yomonligini ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid 
qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi 
lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyati-
ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. 
Monologik nutqni shakillantirishning nazariy asoslari nima-
lardan iborat?
2. 
Monologik nutq qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
3. 
Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli qaysi?
4. 
Monologik nutqni rivojlantirishning asosiy shartini ayting?
5. 
Fikr bildirishning qanday turlari mavjud?
6. 
So‘zning til birligi sifatidagi xususiyati haqida nimalarni bi-
lasiz?
7. 
Monologik nutqni shakllantirish usullarini sanab bering?


137
16-§. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o‘rgatish
ishining mazmuni va uning vazifalari
Reja:
1. 
Bolalarga monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va
vazifalari.
2. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar.
Tayanch tushunchalar: 
monologik nutq, jarayon, shaxsiy hayot
xususiyat, shaxsiy qobiliyat.
1.
Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni 
va vazifalari. 
Hikoya qilib berish (monologik nutq)ga o‘rgatishdir. 
Ravon nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam beri-
shi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanganligi 
lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon 
eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha 
ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi lozim. 
Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faol-
lik rivojlantiriladi. «Bizning oila», «Bahor fasli», «Qo‘g‘irchoq teat-
rida», «Ertaklar mamlakatida», «Qo‘g‘irchoqlarim-ovunchoqlarim», 
«Uch ayiq», «Quyonlar», «Qovoqpolvon» va boshqa mavzularda 
hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi. 
Jumlani to‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaf-
fuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to‘g‘ri foydalana 
olishiga yordam berib boriladi. 
«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi»ga binoan 
muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos 
tovush, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri-
shish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni 
qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish 
talab etiladi. Lekin kuzatishlar bu talablarning to‘liq bajarilmayot-
ganini ko‘rsatadi. 


138
Vaholanki, bolalarning nutqini rivojlanti rishda badiiy adabiyot-
ning imkoniyatlari kattadir. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy 
adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hiko-
yatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va 
qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, 
balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bah-
ramand qiladi. 
«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy 
adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan 
mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi. 
Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular 
asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va 
mashg‘ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi. 
Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida 
ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining gramma-
tik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni 
shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda 
muhimdir.
Ma’lumki, bolalarning kundalik faoliyatida hikoya tuzishga 
yo‘naltirishda ularni so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha 
biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi tuzgan hikoyani 
quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin. 
Sizlarnikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen 
to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?» yoki bolalardan biri 
betob bo‘lib qoldi deylik. Sog‘aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim 
muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir 
yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kel-
may qo‘yding?»
– «Men kasal bo‘lib qoldim». 
Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun 
quyidagi savollarni beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga shi-
fokor chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?», «Betobligingda 
zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga 
ham aytib bergin-chi?». 


139
Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib bo-
rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob-
lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik 
hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Bu borada bizga bolalarning oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati-
jada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar, 
mehnat jarayoni, bolalarning oilasidagi yaqin kishilari – yozuvchi, 
shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi-
langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi. 
Bolalarning turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar, yangi yil er-
taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli 
kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom, 
qiziqarli muhit ma’naviy sog‘lomlikning muhim mezoni – ravon 
nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, 
ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga 
muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə