Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Xorun ar-Rashid dedi
: «Mening yuzimga shunday dard anduh 
bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar 
men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb 
ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini 
chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al 
mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun 
bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ik-
kovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining 
iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – 
dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi. 
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qil-
gin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapir-
gan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga 


117
o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo 
so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) dey-
mizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi 
unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. 
Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan 
bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi 
bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab 
qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan 
hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunarni bilmagan deb da’vo 
qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zahmat chekasan.
Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. 
Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon 
bo‘lmagaysan (

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə