Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mashg‘ulot: Mavzu: Suratga qarab hikoya tuzish: «Paxta – milliy



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Mashg‘ulot:
Mavzu: Suratga qarab hikoya tuzish: «Paxta – milliy 
boyligimiz». 
Maqsad:
Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rgatish.
Vazifalar:
• 
Tasvir bo‘yicha voqeani tugallashga, suratga nom topishga 
o‘rgatish.
• 
Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma-
lakasini mustahkamlash. 
• 
Paxtaning o‘zbek xalqi turmushidagi o‘rni, asosiy milliy 
boyligimizdan, biri ekanligini tushuntirish. 
• 
Bog‘lanishli nutq – hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• 
«Paxtazor» mavzusida bolalar lug‘atlarini faollashtirish.
• 
Bolalarning faol lug‘atiga mexanizator, paxta terar mashina
mahsulotlar nomlarini kiritiladi.
Kutilayotgan natijalar

• 
Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rganadilar.
• 
Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.
• 
Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma-
lakasi mustahkamlanadi. 


149
Kerakli jihozlar: 
«Paxtazor» mavzusida rasmlar, paxtadan tay-
yorlanadigan mahsulotlardan namunalar (paxta, sovun, ip kabilar).
Mashg‘ulotning borishi
. Bolalarga ko‘rinarli qilib «Paxtazor-
da» mavzusida surat ilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati 
o‘tkazadi.
Bolalar, paxta – o‘zbek xalqining faxri, milliy boyligi hisob-
lanadi. Uni e’zozlab «Oq oltin» deb ataydilar. Paxta yetishtirish 
uchun dehqonlarimiz juda ko‘p mehnat qiladilar. Bahor va yozda 
paxtani parvarish qiladilar. Kuzda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. 
Hosil yig‘ib terib olinadi. Paxtadan ip, gazlama, yog‘, qog‘oz kabi 
mahsulotlar olinadi. So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini suratga 
jalb qiladi.
1.
Suratda qayer tasvirlangan? (paxtazor).
2. Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?
3. Suratga nima deb nom berish mumkin? 
4. Paxtalarni qanday mashinalar teryapti?
5. Paxta terar mashina haydovchisini kim deb ataymiz? (me-
xanizatorlar)
6. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
Tarbiyachi:
Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qi-
ling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting? 
Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini 
beradi.
Tarbiyachining hikoya namunasi:
Katta paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan. Uchta paxta terar 
mashina paxta dalasida ishga tushirilgan. Paxta terar mashinani 
mexanizatorlar boshqaryaptilar. Shahzoda va Zuhriddinlar pax-
tazorni tomosha qilib turibdilar. Zuhriddin Shahzodaga «Men katta 
bo‘lsam albatta mexanizator bo‘laman. Mashinada paxta terishni 
orzu qilaman» dedi. 
Hikoyangizni qiziqarli tugating (bolalar hikoyalarini tugatishga 
qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə