Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Tetiklashtiruvchi mashq.
O‘yinning borishi:
 
Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi 
koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi ayt-
gan so‘zni bo‘g‘inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo‘-ja, mu-shuk, 
ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Bolalar, hozir biz 
«So‘zni o‘zgartir
» degan o‘yin o‘ynaymiz.
Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi.
Ular so‘zlar bo‘ladi. 
1-bola jo‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi, qanday 
gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa 
so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan, «Jo‘ja» 
so‘zining o‘rniga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: «Mu-
shuk» qanday gap hosil bo‘ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchuk-
chani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlarni o‘zgartiring. Jo‘ja 
mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘rnidagi bolalar chetga chiqadilar
ular o‘rniga boshqa bolalar chiqadilar).
3. Tovush artikulatsiyasini 
egallash ancha uzoq va murak-
kab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha 
cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda 
bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. «Maktabgacha 
ta’lim muassasalarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettin-
chi yiliga kelib, ya’ni bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshla-
nadigan davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‘liq 
o‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.
Bolalarga to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular or-
foepik talaffuzli shaxslar ichida o‘sayotgan bo‘lsa, juda oson hal eti-
lishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi 
to‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki 
xalqona talaffuzdagi so‘zlarni eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi 
(aniqrog‘i –hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘z-
o‘zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashti-
rishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə