Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Ohang, tembr, pauza,
urg‘ulashning turli xillari tovush ifodali-
ligining muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr-
ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini 
ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda 
muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, 
talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, 
iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti-
rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni 
tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash 
qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va 
19
Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в
детском саду. 3-нашр. –М., 1966.–Cтр. 5
0–5
1.


161
vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgu-
sida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar-
ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, 
ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn-
ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini 
bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli 
topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat-
lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi 
ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish 
uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga 
fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib 
chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke-
lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi 
muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri 
nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog‘liqligi keng 
ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakl-
lantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, 
so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn
-
ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, 
iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili
-
yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani-
shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik 
mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta-
lab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini 
ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro 
hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.
Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan 
(so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi 


162
matnlar – tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqi-
dagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dast-
labki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda 
semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, 
sinonimik va antonimik taqqoslash) til va nutq hodisalarini anglab 
yetishni shakllantiradi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə