Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Jismoniy daqiqa.
Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtirib, bolalarni kuz haqi-
da hikoya tuzishga taklif etadi. Hikoya tuzganingizda kuzgi ob-havo 
qandayligi haqida gapiring, Kuzda kattalar mehnati haqida gapiring. 
Hikoya tuzganingizda hozir ishlatilgan so‘zlardan foydalanishingiz 
mumkin (5–6 ta bolalar hikoyasi tinglanadi).
Eslatma
: Tarbiyachi «Kuz» mavzusida o‘zi hikoya namunasini 
tuzib berishi mumkin.
Issiq yozdan so‘ng kuz fasli keladi. Kuz fasli kirib kelishi bilan 
havo salqinligi seziladi. Daraxt barglari birin-ketin qizg‘ish-sarg‘ish 
tusga kira boshlaydi. Qaldirg‘och, ko‘k qarg‘a, turna kabi qushlar 
uchib ketishadi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazor-
larda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in 
bo‘ladi. Kuzgi meva, poliz ekinlari yig‘ib olinadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotni maqol aytish bilan yakunlashi mumkin. 
Maqol mazmunini bolalarga tushuntirib beradi.
Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
• 
Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
• 
Kuzda ob-havo qanday bo‘ladi?
• 
Qanday qushlar uchib ketishadi?
• 
Bog‘larda qanday mevalar pishadi?
• 
Qanday poliz ekinlari pishib yetiladi?
• 
Kimning hikoyasi sizga yoqdi?


164
Xulosa:
Nutqning grammatik tizimini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jara-
yonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, 
til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek, sintaktik tuzilma-
lar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida 
namoyon bo‘ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, 
temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga 
ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi 
ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə