Punktuatsiya bo‘limi haqida ma’lumot kun hikmati “Yo olim bo‘l, yo ilm oluvchi bo‘l, ularning orasidagi loqayd inson bo‘lma”. Punktuatsiya bo‘limi haqida



Yüklə 3,35 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#151657
punktuatsiya bolimi haqida malumot


5-sinf Ona tili
PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA MA’LUMOT
KUN HIKMATI
“Yo olim bo‘l, yo ilm oluvchi bo‘l, ularning orasidagi loqayd inson bo‘lma”.
PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA
Tinish belgi – bizga o‘rtoq,
Matnda u yo‘lchiroq.
Har birining o‘rni bo‘lak,
Savodxonlikka saboq.
Nega tinish belgilari svetoforga o‘xshatilyapti? Ularning yozma ishlardagi o‘rni haqida gapiring.
Tinish belgilarining yozma nutqda qo‘llanish qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo‘lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay bilish kerak.
O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud.
BILIB OLING!
BILIB OLING!
To‘g‘ri, yo‘llarda yurish xavfli emas.
Soliha opang qayerda o‘qiydi?
To‘g‘ri yo‘llarda yurish
xavfli emas.
Soliha, opang qayerda o‘qiydi?
Tinish belgilarining o‘rni o‘zgargandan so‘ng gaplar ma’nosida qanday o‘zgarish yuz berdi? Izohlang.
TOPSHIRIQ

1. Umarjonning, Ominaning ukasining mikrosxemali roboti bor.
2. Umarjonning, Ominaning ukasining, mikrosxemali roboti bor.

Tinish belgisining ma’no farqlashiga diqqat qiling. “Robot
nechta?
TOPSHIRIQ

TUMOR

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasida ishlagan kezlarim edi. Bir kuni avto ulovimiz loyga botib qoldi. Qancha urinsak ham, chiqara olmadik. Mahalliy aholidan ko‘mak so‘radik. Qarangki, baxtimizga ular o‘zbeklar ekan. Ularning ota-bobolari O‘zbekistondan bo‘lgan ekan. Bizni mehmon qilishdi.


Matnni diqqat bilan o‘qing. Tinish belgilariga e’tibor bering.
TUMOR

Ularga yurtimiz haqida, Samarqand-u Buxoro, Toshkent haqida so‘zlab berdik. Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi so‘radi: “Birodari aziz! Vatan tuprog‘idan bir nishona bormi?”


Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi, ularga berdim. Oqsoqollari birma-bir qo‘llariga olib, tavof qilishdi. So‘ng butun boshli qavm navbat bilan shu piyolada suv ichishdi.
Men piyolani ularga hadya qildim. Ular esa piyolani mayda bo‘laklarga bo‘lib, taqsimlab olishdi.
– Vatan tuprog‘idan tumor yasaymiz, uyimiz to‘riga qadab
qo‘yamiz…

MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR

MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR


2. Vatan sog‘inchi ifodalangan qanday film tomosha qilgansiz?
1. Matn sizda qanday taassurot qoldirdi?
3. Afg‘onistondan boshqa yana qaysi davlatlarda o‘zbeklar yashashini bilasizmi?
MUSTAHKAMLASH
// - ushbu belgi o‘rniga zarur tinish belgilarini qo‘ying.
1. Ularga yurtimiz haqida// Samarqand-u Buxoro//
Toshkent haqida so‘zlab berdik//
2. Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi so‘radi// “Birodari aziz// Vatan tuprog‘idan bir nishona bormi //”
3. Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi // ularga berdim //
MUSTAHKAMLASH
Topshiriqning yechimi.
1. Ularga yurtimiz haqida, Samarqand-u Buxoro,
Toshkent haqida so‘zlab berdik.
2. Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi so‘radi: “Birodari aziz! Vatan tuprog‘idan bir nishona bormi?”
3. Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi, ularga berdim.

Boshqa shahar yoki qishloqda yashayotgan tengdoshingizga maktub yozing. Maktubingizda o‘z joyingizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari haqida gapiring.
UY ISHI
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə