Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Nutqni rivojlantirish
– bolaning yakka tartibdagi psixologik 
jarayonida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirishiga doir murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya 
muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ush-
bu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqot-
ning muhim shakli – og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvo-
fiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa 
kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda mak-
tabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi 
vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
2. Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish.
3. Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish.
4. Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish.
5. Ravon nutqni rivojlantirish.
6. Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash.
7. Savod o‘rganishga tayyorlash.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoi-
dalari asosida quriladi. Uning «Til inson faoliyatining barcha soha-
larida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi 
nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib hisoblanadi. 
Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vosi-
tasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyat-
lar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Nutq madaniyati – bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy mu-
loqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga 


160
olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu 
jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foy-
dalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapi-
rishdan iboratdir.
Bolalarga ona tilida nutqni o‘rgatish tajribasidan ma’lumki, alo-
hida tovushlar artikulatsiyasini o‘zlashtirish bola uchun eng qiyin 
vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbi-
yalashga doir ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilar ekan, «peda-
gog oldida bolalarga so‘zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish
so‘zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri ta
-
laffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o‘rgatish, ularda 
ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi
19
.
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiya-
chi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped 
kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan 
shug‘ullanishi mumkin.
Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini 
(tovush – bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g‘ri 
talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh-
dagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar 
muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə