Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


I. «Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

I. «Tulki, quyon va xo‘roz» xalq ertagi:
• 
Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi?
• 
Bola ko‘rgazma asosida ertak mazmunini so‘zlab bera oladimi?
• 
Bola ertak mazmunini ko‘rgazmali vositasiz so‘zlay oladimi?
Bolalarga ertak o‘qib berilgandan keyin bir kun o‘tib, har bir bola 
bilan ushbu ertak bo‘yicha tajriba uchun suhbat o‘tkazildi. Ertak yu-
zasidan quyidagi savollar berildi:
1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?
2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?
3. Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi? 
Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi par-
chani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi savo-


173
limiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchin
-
chi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi. 
II. Rivoyat. 
Bir kampirning o‘g‘li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli 
o‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har 
kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och 
qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar 
edi. Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib 
qolibdi. 
- Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi. 
- Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda siz-
larga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmi-
shidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la bosh-
labdi. 
Bir kundan so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi 
savollar berildi: 
- Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?
- Kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib, nima 
qilayapsan bolam, deb so‘raganda qanday javobni eshitdi?
- Keyin nima bo‘ldi?
III. «Cho‘loq jo‘ja» o‘yini.
Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga 
beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi. 
Har bir katakchaga bittadan stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mav-
zular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlan-
gan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo‘ja» poldagi bola o‘ynab 
sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha 
savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera 
olmasa bir oyoqda turib, ya’ni joyiga borib o‘tiradi. Agar xato 
qilsa, bir oyoqda sakrab boradi. Bu o‘yinda quyidagi savollarga 
javob berish talab qilinadi:
• 
Ertakning nomini aytib bering.
• 
Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering. 
• 
Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering. 


174
Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni sekin-
lashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni 
ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish 
zarurligi uqtirilgan.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning 
talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika 
jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarang-
siz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz 
etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlarni 
to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba-
landligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə