Mavzu: Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi



Yüklə 65,62 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü65,62 Kb.
#162009
  1   2
YEBAN REFERAT


Mavzu: Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi
Reja:

  1. Bahouddin Naqshbandiy hayoti va ijodi

  2. Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi

  3. Bahouddin Naqshbandiy tariqati

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



1. Xoja Bahouddin Naqshband – islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U milodiy 1318 yilning mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xalq orasida Bahouddin, Bahouddinjon, Xoja Bahouddin, Bahouddin Balogardon, Balogardon, Xo‘jayi Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan ham mashhur. Xoja Bahouddin Naqshbandning asl ismi Muhammaddir. Manbalarda u kishining otasi ham bobosi ham Muhammad ismida bo‘lgani qayd etiladi. Bahouddin Naqshbandning nasabi ota tarafdan Hazrat Aliga, ona tarafdan hazrat Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. Xojalar avlodidan bo‘lgani uchun uning nomi oldiga xoja so‘zini ishlatish rasm bo‘lgan. Yoshligida otasi bilan birga kimxobga naqsh solish hunari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Naqshband laqabi bilan mashhur bo‘lgan. O‘sha davrda matolarga naqsh ishlagan, naqsh solingan ko‘ylaklar yoki naqshli gilamlar to‘qigan kasb egalari naqshband deyilgan. Bahouddin” so‘zi “Dinning nuri” degan ma’noni anglatadi. Bu Xoja Naqshbandga keyinchalik berilgan faxrli unvon. Bahouddin Naqshband umri davomida bir necha pirning tarbiyasini olgan. Birinchi piri – Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx bu yosh muridini tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lmish Amir Sayyid Kulolga topshiradi. U tariqat bobida bilganlarini o‘rgatib bo‘lganidan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo‘lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, ya’ni hozirgi Qarshiga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddinning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusam shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Manbalarning dalolat berishicha, u Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103–1179)dan ruhiy tarbiya olgan. Bahouddin Naqshbandning umri asosan Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. G‘aribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati bilan kun ko‘rgan. Xizmatkor yoki qul saqlamagan. O‘z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G‘ijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Ta’limoti asosida: “Dil – ba yor-u, dast – ba kor” (“Ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin”), – degan shior yotadi. Tasavvufdagi har qanday tariqat kabi, xojagon-naqshbandiya tariqati ham o‘z g‘oyalari, tartib-qoidalari, odoblari va qat’iyatlarini shakllantirishda juda qadim rishtalardan suv ichgan. Ammo tariqatning butun mohiyatini uning bosh shiori bo‘lmish: “Dil – ba yor-u, dast – ba kor” hikmati hamda yana o‘n bir qoida belgilab beradi. Bu qoidalar “rashhalar”, ya’ni “tomchilar” deb yuritilgan. Rashhalar Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband taraflaridan asoslangan.
Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo bo‘lgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat - «Naqshbandiya» tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog‘liqdir. Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi qasri Hinduyon qishlog‘ida tavallud topgan (so‘ngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq «qasri Orifon» deb atala boshlangan).
1354 yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja Muhammad Boboi Samosi Bahouddin Naqshbandning Buxoro yonidagi qasri Hinduyon qishlog‘ida paydo bo‘lishini oldindan bashorat qilgan ekan.
Mazkur mutasavvuf donishmand yosh Bahouddinni o‘ziga o‘g‘il qilib oladi va har tomonlama uni tarbiya qiladi. Vafotidan oldin uni o‘z shogirdi Sayyid Mir Kulolga topshiradi. Shu zaylda yosh Bahouddin o‘sha davrdagi atoqli mutasavvuf Sayyid Mir Kulol qaramog‘ida ta'lim olgan.
Tasavvufning mashhur bilimdoni, atoqli sharqshunos Ye.E.Bertelsning yozishicha, Naqshband ta'limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik yotadi... Shunga binoan, Bahouddin Naqshband umri bo‘yi dehqonchilik bilan kun kechirgan, o‘z qishlog‘ida unchalik katta bo‘lmagan yeriga bug‘doy va mosh ekar ekan.
U uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. qishda qamishlar ustida, yozda esa bo‘yra ustida yotib kun kechirgan. Uning uyida hech qachon xizmatkor ham bo‘lmagan. Hazrati Naqshband butun umrini o‘z xohishi bilan faqirlik va yo‘qsilliqda o‘tkazgan. Zero, bu tariqatning asl aqidasi - «Dil ba yor-u, dast-ba kor» - ya'ni «doimo ko‘ngling Allohda bo‘lsin, qo‘ling esa ishda», degan g‘oyani ilgari suradi. U o‘z qo‘l kuchi bilan kun ko‘rishni yoqtirgan, topgan-tutganlarini - yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga in'om etgan, hukmdorlardan doimo o‘zini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon ta'magirlik qilib yashamagan.
XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan «Naqshbandiya» ta'limoti Afg‘oniston orqali Hindistonga va boshqa islom yurtlariga shiddat bilan tarqala boshlaydi. Naqshbandiya ta'limoti Temurning mo‘g‘ullar istilosiga qarshi kurash, mustaqil davlat barpo etib, unda madaniy-ma'naviy rivojlanishni ta'minlashga intilishida, temuriy davri madaniy yuksalishida katta ijobiy ahamiyat kasb etadi.
XV asrning ko‘p olim-fozillari, davlat arboblari, san'atkorlari Naqshbandiya ta]limotidan keng foydalandilar, unga o‘ta ijobiy munosabatda bo‘ldilar. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) davrida, undan keyingi XVI-XVII asrlarda bu jarayon ancha tezlashadi.
Naqshbandiya tariqati XVI asrda Xoja Muhammad al-Boqiy Kobuliy (vafoti 1605) Hindistonga borgandan so‘ng Hind tuprog‘ida ham avj oladi. Bu mashhur mutasavvuf olim Afg‘on va Hind yurtlarida Xoja Boqibillo nomi bilan mashxurdir. Uning shogirdi Xoja Ahmad Foruq Sirhindiy (1563-1624) esa Naqshbandiya ta'limotining XVII asrda Hindistonda yoyilishida katta rol o‘ynagan.
Shunday qilib, bizning tabarruk yurtdoshimiz Hazrati Bahouddin Naqshband tomonidan asoslangan Naqshbandiya ta'limoti Markaziy Osiyo, O‘rta va YAqin Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy hayotida juda katta o‘rin egalladi. Bu ta'limot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‘rlikni, ijtimoiy zulm-istibdodni qat'iyan qoralaydi. Bu ta'limot tarafdorlari asketizmga (tarkidunyochilikka) qarshi, boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. Naqshbandiylar savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-ma'rifat, hattotlik, naqqoshlik, miniatyurasozlik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da'vat etganlar. Shuning uchun ham o‘z davridagi ilm-ma'rifatning, adabiyotning yirik namoyandalari bo‘lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xushholxon Xatak, Ahmad Shoh Durroniy, Mahdumquli Firog‘iy singari yuzlab ulkan taraqqiyparvar, insonparvar shoirlar va mutafakkirlar Naqshbandiya yo‘lini tanlaganlar, hayotni va insonni avji baland pardalarda kuylab, tinmay barakali ijod qilganlar.
Xoja Bahouddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak qadrlaydilar. Xalqimiz ul Hazratga baland e'tiqod qo‘yib, «Bahouddin-balogardon!» deya behad e'zozlaydi. Hozirgi mustaqillik zamonida «Yassaviya», «Kubraviya», «Naqshbandiya» kabi o‘lkamizda (Turkistonda) vujudga kelgan tariqatlar endi bizda ham har tomonlama chuqur o‘rganila boshlandi.
Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro va Xoja Bahouddin Naqshband singari mutasavvuf donishmandlarning poklik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, adlu insof, imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‘or umumbashariy fikrlari davrimizga hamohang bo‘lib, kelajak uchun xizmat qiladi. 1993 yilda O‘zbekistonda Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi zo‘r tantanalar bilan o‘tkazildi, unga bag‘ishlab qator asarlar nashr etildi, Xalqaro ilmiy konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklar qaytadan tiklandi.
2. Buxorodagi “Yetti pir” ziyoratgohi tarkibiga kiruvchi Bahouddin Naqshband majmuasi Kogon tumanining Qasri Orifon qishlog‘ida joylashgan.
Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros ob’ektini barpo etilishiga Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544 yilda asos solgan. Abdulazizxon buyrug‘i bilan mozor tartibga solinib, ansambl shakliga keltirilgan va 1544-1545 yillarda kompleksning eng katta binosi – xonaqoh qurilgan.
Mazkur me’moriy xonaqoh mahobati va badiiy bezagi jihatidan juda noyob imorat sanaladi. Majmuaning asosiy qismiga daxmalar, maqbara, ikkita masjid, sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Keyinchalik uning safiga baland peshtoq – gumbazli yangi darvozaxona, muzey, choyxona singari imoratlar qo‘shilgan.

Yüklə 65,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə