Mavzu: Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi



Yüklə 65,62 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü65,62 Kb.
#162009
1   2
YEBAN REFERAT

Bahouddin majmuasi - shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrugʻi bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 — 45 y.larda majmuaning eng katta binosi — xonaqoh qurilgan. B. m. daxmalar (Daxmai shohon va Baho-uddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan ibo-rat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan oʻtgach, oʻngda kichkina masjid, chap to-monda ziyoratchilar uchun turli binolar boʻlganligi maʼlum. Yoʻl davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, bal. 2.5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar oʻymakorligi, xattotlik saiʼ-atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar oʻyilgan; naqshlar baʼzida yozuvlar bilan aralash uchraydi.
Daxmai shohondan oʻtgan yoʻlak nafis bezatilgan peshtoqqa olib keladi (peshtoqning ikki tabaqali eshigiga "bagʻdodi" va "guli nav" usulida naqshlar oʻyilgan). Peshtoqning eshigidan oʻtilgach, oʻngda gumbazli mak-bara bor (unga kim dafn qilinganligi nomaʼlum). Chapda — kiraverishda 6 us-tunli (soddagina), oldi ayvonli Mu-zaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qushbegi masjidi tushgan (masjid mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning jan.da naqshdor, shim.da naqshsiz ayvonlar bor. Bahouddin dax.masi marmar qoplangan kattagina murabba tarhli supa boʻlib, atrofi chiroyli marmar panjara bilan oʻralgan. Undan sal nari, shim.da—tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz, uning shim. tomonida kichikroq, koʻrkam chortoq saqoxona bor. Bahouddin daxmasi bilan hovuz oraligʻida quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda "muqaddas" suv ulashilgan.
Haqim qushbegi masjidining shim. da koʻrimsizgina bir minora, undan narida hovlidagi hovuzdan 3 baravar katta boshqa hovuz bor. Hovlining tashqarisi (shim.-gʻarbi)da turtburchak supa ustida xonaqoh (eni 37 m, boʻyi 40 m li) qad koʻtargan. Markazida atrofi pesh-toq ravokli ayvonlar bilan oʻralgan masjid, uning toʻrida chorzamin uslubida ishlangan qirma naqshli mehrob mavjud. Imoratning har ikki tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli kattakichik hujralar boʻlgan. B. m.ga undan 0,5 km shim.-sharqda joylashgan "Qasri Orifon" masjidi ham kiradi; uning yonida pastakkina minora bor. Masjid 3 tarafdan ayvoy bilan oʻralgan; shipi naqsh tushirilgan hovuzaklik. B. m. 16-a. msʼmorligining yangicha ansambl tu-zishda erishilgan yutuqdaridan namuna boʻlib, qoʻsh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi.
Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga oʻtirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband daxmasini ziyorat qilishgan. Abdulazizxon 1544-yil Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. XV asrda Xoʻja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya gʻoyalari keng va atroflicha targʻib etildi.
Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan boʻlmish Qusam shayx oldiga, Naxshab (hozirgi Qarshi) shahriga boradi. Uch oy undan taʼlim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland boʻlgan, ayni chogʻda Qusam shayx ham uni oʻz oʻgʻlidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqparda sufiylik bilan oʻtgan. U ikki marta haj qilgan. Gʻaribona hayot kechirgan, faqat oʻz mehnati — kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun koʻrgan. Xizmatkor yoki qul saqlashni gunoh deb bilgan.
U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-imom Imom Xasan al-Askariyning ikkinchi oʻgʻli Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi. Otasi Muhammad Buxoriy toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosi Sayyid Jaloliddin Buxoriyning alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uygʻotdi.


3 . Sohibqiron Amir Tеmurning islom himoyachisi sifatida yurgizgan siyosati soyasida so’fiylik tariqati o’lka hayotida katta mavqеga ega bo’ladi. Buni biz Tеmur va tеmuriylar davrida Bahouddin Naqshband va uning izdoshlari faoliyatida yorqin ko’ramiz.
Ollohning muruvvatiga muyassar bo’lgai, komil inson, ulug’ avliyo va vali — Hoja Bahouddin Naqshbanddir. U zoti ulug’ning asli ismlari Sayid Muhammad Bahouddin ibn Sayid
Bahouddin Naqshband majmuasi (Buxoro) Jamoliddindir. Xoja Bahouddin Naqshband Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlogida tavallud topgan. Bahouddinning o’zi ham tеmir va boshqa narsalarga gul soluvchi bo’lgan. Shu sahabdan u kishining laqabi «Naqshband» bo’lgan.
Bahouddin Naqshband o’zidan ikki asr oldin utgan Abdulxolik Rijduvoniy ruxdaridan madad olgan, uni o’ziga pir va ustod dеb bilgan.
Bahoddin Naqshband Abdulholiq G’ilsduvoniy ta'limotini yanada rivojlantiradi, uny yangi mazmun, xulosalar bilan boyitadi va u naqshbandiya tariqati nomini oladi.
Bahouddin Naqshband G’ijduvoniy asos solgan tariqatning sakkiz moddadan iborat talabiga uch talabini qo’shdi:. 1. Vuqufi zamoniy; 2. Vuqufi adadiy va 3. Vuqufi qalbiydir.
Naqshbandiylikning asosiy mohiyati qo’yidagi shiorlarda o’z ifodasini toptan: «Dast ba koru, dil ba yor!» («Qo’l ishda, Olloh dilda») bo’lsin, dеb hammani ishlashga chaqiradi.
Bahouddin shaxs, oila va jamiyat ravnaqi uchun «Kam xo’r, kam xob va kam guftor bud!» («Kam yеgil, kam uxla va kam gapir!») dеb ta'kidlagan. Davlat rahbarlariga esa «Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan!» («Sirtdan xalq bilan, dildan xudo bilan!»), dеb nasixat qilgan. Hazrati Sohibqiron Amir Tеmurdеk ulug’ zot ham Naqshband tariqatiga amal qilgan. Tеmurning o’zi bu xaqda shunday dеgan: «Piru komil Shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yеgin, kam uxla, kam gapir» dеgan pandu nasixatlariga amal qildim. Arkonu davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so’zim shu bo’ldi. «Kam yеnglar - ocharchilik ko’rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar - mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar - dono bo’lasizlar!»1.
Bahouddin Naqdibandiyga Abdurahmon Jomiy va Alishеr Navoiylar ham juda katta ixlos bilan qaragan. Jumladan, Jomiyning «Nafahotul-uis», Alishеr Navoiyning «Nasoyimul-muxabbat» va boshqa asarlarida bu haqda kеrakli ma'lumotlarni olish mumkin.
Alishеr Navoiyning:
Ayladi avroq munaqqash basе
Naqsh raqam ayladi dilkash basе —baytidan shu narsa anglashiladiki, Naqshband o’z hayoti davomida juda ko’p varaqlarni naqshlagan, ya'ni ko’p ajoyib asarlar yozgan va shu bilan bir qatorda narsalarga, imoratlarga naqshlar ham ishlagan.
Sobit aning ko’ngli aro naqshi jud,
Mahv o’lub ul sahfada naqshi vujud —dеgan baytda Navoiy Naqshband ulug’ naqqosh bo’lsa ham lеkin uning ko’nglini sahovat («jud») naqshi egallagan va bеzagan edi, dеydi.
Naqshbandsiz Navoiy ijodini tasavvur etish mumkin emas. Chunki naqshbandiya ta'limoti Navoiy ijodining g’oyaviy asosini — mafkurasini tashkil etadi. Shoir ijodida komil inson timsolining naqshbandiya tariqasida targ’ib qilingan yo’l-yo’riqlari, shioru qoidalari, aqidalari insoniy timsollar, hayotiy voqеalar asosida dalillanadi.
Bahouddin Naqdibandning dinni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun qilgan xizmatlari ulug’ bo’lganligi sababli uni «Bahouddin» — dinning fahri, bеbahosi dеb atashgan.
Bahouddin Naqshband karomatli inson bo’lganligi uchun unga Balogardon, dеb nom bеrishgan.
Xullas, Bahouddin Naqshband Tеmur hukmronlik qilgan davrning eng buyuk avliyolaridan bo’lib, u ishlab chiqqan va targ’ibot qilgan tariqatning mavqеi ko’tarilgandan ko’tarilib boradi.
Tasavvuf tarixida xojagon nomli tariqatning vujudga kelishi buxoroda qo`nim topgan yusuf hamadoniy hazratlarining ‘‘xalifai avvali” (birinchi o`rinbosari) abduxoliq g`ijduvoniy nomi bilan bog`lanadi. Ayni tariqat ma’lum davr o`tishi bilan bahouddin naqshband vositasida butun islom olamiga yoyildi va eng taraqqiyparvar tariqatlardan biri sifatida mashhur bo`ldi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limotining rivoji buyuk sohibqiron amir temurning pirlaridan biri sifatida tilga olingan sayyid muhammad bahouddin naqshband (1318-1389) nomi va faoliyati bilan yanada yuksaklikka erishdi. Alisher navoiyning dalolaticha, bahouddinnig kamolga yetishishida xoja ali romitoniy, xoja muhammad boboi samosiy va sayyid amir kulolning ta’siri katta bo`lgan. Bahouddin marvda yusuf hamadoniyning qabrini ziyorat qilaroq, uning ta’limotini chuqurlashtirdi. Yusuf hamadoniyning xalifalaridan abduxoliq g`ijduvoniy kashf etgan sakkizta manzil (kalimati qudsiya)ga xoja bahouddin yana uch manzil qo`shgan: 1)vuqufi zamoniy; 2)vuqufi a`dodiy; 3)vuqufi qalbiy.
Naqshband ta`limotining ixcham ifodasi ‘’dil ba yoru dast ba kor’’ hikmatida anglatilgani kabi insonni ibodat bilan balki halol luqma bilan ham kun ko`rishi niyati bilan ixlosi bilan ibodatga aylanishini uqtiradi. Halol va harom nisbatida ayni tariqat doirasida aytilgan so`zlar hozirgi kun uchun ham ahamiyatlidir. Xoja muhammad porso bahouddin naqshbandning barcha va`zlarini to`plab, (risolai qudsiya) (“muqaddas so`zlar”) kitobini ta’lif etgan. Bahouddin naqshband haqida mavlono yaqub charxiyning “risolai unsiya”, abul muhsin muhammad boqirning “maqomoti xoja bahouddin naqshband”, faxruddin ali safiyning “rashahotu aynil-hayot” kabi o`nlab risolalar mavjud. Ushbu manbalarda xoja bahouddinnning tariqiy va manqabaviy hayoti, tariqati, ta’limoti, ta’siri va suluqi haqida ma’lumotlar keltirilgan. “rashahot…” asarida naqshbandiylik tariqatining tarqalishi va qaror topishida benazir xizmatda bo’lgan shayxlar qatorida xoja bahouddin naqshbanddan keyin xoja muhammal porso, mavlono muhammad fag`onaziy, mavlono yaqub charxiy, xoja alouddin g`ijduvoniy, shayx sirojiddin kulol, xoja aloiddin attor, mavlono hisobiddin porso balxiy, cayyid sharif jurjoniy, mavlono nuriddin xomush, mavlono nuriddin abdurahmon jomiy va nihoyat hazrati xoja ahror valiy va boshqalar keltiriladi.
Naqshbandiya tariqati bahouddin naqshband hayot chog’idayoq juda keng shuhrat va nom qozondi. Uni nazariy jihatdan ishlab chiqishda muhammad porso, alouddin attor xizmatlari juda yuqori bo’ldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki buxoro va samarqand ulamolari,temuriylar avlodidan bo’lgan shoh va shahzodalar kira boshladilar. XV asrdayoq naqshbandiya turkiya, afg’oniston, misr, eron, hijoz,kavkazga tarqala boshladi. Ayniqsa, «hazrati eshon» unvoniga musharraf bo’lgan xoja axror valiy — nosiriddin ubaydulloh faoliyati tufayli tariqatning obro’-e’tibori yana ham oshdi. Bahouddin naqshband zamonida mansabdor shaxslar, shohu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan bo’lsa, xoja ahror valiy davrida
Naqshbandiya siyosiy doiralarga kirib bordi. Naqshbandiya xvi asrda hindistonga tarqaldi. Bunda bobo valiy, xoja boqibilloh,axmad sirhindiy faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, ahmad sirhindiy u erda sunniylik yo’nalishini mustahkamlash uchun naqshbandiyadan juda unumli va samarali
Foydalanganlar. Tariqatni turkiyada yoyilishida mulla abdulloh simaviy, ahmad buxoriy va b. Shaxslarning xizmati bor. Naqshbandiya xvi va xviilarda eronning nishopur, isfahon,yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali falastin, iroq, iordaniyada ko’plab tarafdorlarga ega bo’lgan.naqshbandiya tariqatining umuminsoniy g’oyalar, ma’naviy kamolot, botiniy poklikni targ’ib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi. Uning muxlislari bir necha million kishini tashkil etadi.el orasida xoja bahouddin balogardon, xo‘jai buzruk, shohi naqshband nomlari bilan mashxur bo’ldi. Buxoroda qasri xinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Baxouddun naqshband boboyi samosiy, amir
Kulol, mavlono orif xalil ota, kusam shayx kabi ustozlardan saboq olgan. U ikki marta xaj qilgan. G‘aribona xayot kechirgan, faqat o‘z mehnati orqali dehqonchilik va keyinroq mis va kimxobga naqshsolish bilan kun ko‘rgan. O‘z ta‘limotini yaratishda abduxoliq g‘ijduvoniy asos solgan xo’jagon silsilasining sakkiz moddadan iborat qoidasiga o‘zining uch qoidasini ya’ni talabini qo‘shib uni takomilga yetkazdi. Shu tariqa tasavvuf naqshbandiya tariqatida yanada mukammallikka erishdi.
Baxouddin taxallusi naqshbandning dinni mustaxkamlash va taraqqiy ettirish uchun qilgan xizmatlari ulug‘ va beqiyos bo‘lganligi uchun berilgan. Ma‘nosi dinning faxri, bebaxosi demakdir. Naqshband taxallusiga kelsak, u ikki mazmunda talqin etiladi. Biri ul zot misga, matoga gul, naqsh soluvchi bo‘lganligi uchun naqshband taxallusi berilgan deb e‘tirof etiladi. Ikkinchi talqin esa allohni qalbiga naqsh qilib olgan degan ma‘noda ifodalanadi. Baxouddin balogardon deyilishiga sabab ustozi shayx boboyi samosiyning naqshbandga qarata aytgan ―karomat qilibdurlarki, nozil bo‘lgan balo sening
Barokatingdan daf bo‘lg‘ay! So‘zlariga nisbat berilgandir.baxouddin naqshband shonu shuhratning shox supasiga ko‘tarilganlarida ham o‘zlari uchun xizmatkorlar saqlamagan ekan. Aksincha shoxu gado barobarligi to‘g‘risidagi adolatli g‘oyani ilgari surgan. Xo’jalik bandalikka to‘g‘ri kelmas, allox oldida barcha barobar va tengligi deb aytganlar.naqshband o‘zini doimo xukmdorlardan uzoqda tutgan. Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak va oliy janob va insoniy burch ekanligini ta‘kidlab, sham kabi yong‘il,elga oydinlik ulash, ammo o‘zing xilvatda turgil deb aytgan. U xamma uchun, ayniqsa oddiy xalq, xunarmandlar uchun qo‘l keladigan ―Dil ba yoru dast ba kor,―Dil yor (Allox) bilan, Qo‘l ish bilan band bo‘lsin shiorini o‘rtaga tashlagan. Bu shior naqshbandiylikning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Aytish joizki mazkur xayratli shiorda tasavvufni nazariy va amaliy jixatlari tugal xolga kelganligi o‘z ifodasini topgani ko’rishimiz mumkin. Chunonchi, tasavvuf yo‘liga kirgan kishi Tavxid (Allox) moxiyatini o‘zi uchun anglab yetdi, endi bundan keyin nima qilishi kerak? Bu savolga tasavvufning oxirgi tariqati Naqshbandiya javob beradi. Birinchi maqsadga erishildi – dilda yor xolati mavjud, endi ishga kirishmoq lozim –dast ba korga o‘tishi kerak. ―Dilda yor xolati tasavvuf yo‘liga kirgan kishining dilida, ya‘niki qalbida g‘araz, xudbinlik yo‘qligini, uning pokligini bildiradi. ―Dast ba kor ishga qo‘l ursa tasavvuf axlining o‘z shaxsiy g‘arazli maqsadlari uchun emas, xolis Alloh uchun, xaqiqat va adolat tantanasi uchun amaliy xarakatga kirishilgan bo‘ladi. Shu sababli xar nafas ―dilda yor bo‘lishi, Allox ismi dilda zikr etilishi, ya‘ni ―Xush dar dam qoidasiga amal qilishi taqozo qilinadi. Chunki Allox nomi bir nafas dilni tark etsa, darxol o‘rnini g‘araz xudbin bir niyat egallashi mumkin.Nazar bar qadam shu ma‘noga yaqin turib, u bexuda biror qadam qoymaslik, xar bir amaliy harakatning Allox yo‘lida qoyilayotganini xis etib,diqqat bilan kuzatib, nazardan qochirmay borish kerakligini bildiradi.Naqshband ilgari surgan ―Dil ba yoru dast ba kor shiorini yanada soddaroq tarzda shunday izoxlash mumkin. Tasavvuf axlining maqsadi Allox vasliga erishish bo‘lsa, buning uchun tarki dunyo qilish, zoxidlik yo‘liga kirishi shart emas, balki Alloxni har damda dilda zikr etib, qo‘l esa mehnat bilan band bo‘lgan xolda ham yetish mumkinligini anglatadi.
Baxouddin Naqshband Islomni hayot bilan, shaxs va oila bilan, jamiyat ravnaqi bilan bog‘lab ―Kam yegil, kam uxla va kam gapir deb nasixat qilgan.
Amir Temur bu shiorga amal qilib, arkonu davlatga, barcha mulozimlarga aytar so‘zim shu bo‘ldi: ―Kam yenglar ocharchilik ko‘rmasdan boy va badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar va mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar –dono bo‘lasizlar deb yozgan.Naqshband doimo adolatni, mehnat asosida bunyod etilgan xalol luqmani ma‘qullagan. Bu jihatdan uning ―insondagi yahshi fe‘llar, yaxshi amallar xalol luqmadandir so‘zlari biz uchun ibratdir.Naqshbandiya tariqati o‘zining mazmun- moxiyati jixatidan yangi tarbiya usullari-suxbat ta‘limi, yashirin, botiniy zikr, ―anjuman ichra xilvatni olg‘a surishi va targ‘ib qilishi bilan ajralib turadi,ya‘ni Alloxga yaqinlashishning butunlay yangi bo‘lgan, sifat jixatdan avvalgi tariqatlardan katta farq qiladigan 11ta qoida, talab va usullarini ishlab chiqqanligi bilan ajralib turadi.Bu usul va qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Hush dar dam. Tariqat a‘zosi doimo Allox nomini zikr qilishi, zikrga g‘arq holatda xushyor bo‘lib yurmog‘i lozim. Har bir nafas olganda va chiqarganda xushyorlik va ogohlikni yo‘qotmaslik lozim, toki bunda g‘aflat ruhingga xech yo‘l topa olmasin.
2. Nazar bar qadam. Muridning nazari doim har bir bosgan qadamni nazarga saqlasin, uning nazari
Behuda narsalarga sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin. Lozim bo‘lmagan joyga bormasin.
3. Safar dar vatan.Tariqat a‘zosi ruhi tanasida bo‘lgan holda Alloh sari intilishda bo‘lsin, ya‘ni har bir inson vafot etgach, tanasi tuproqqa aylanib yerda qoladi, ruhi esa Allohga qaytadi. Ammo sufiy tirik paytida ham fikri-zikri Alloh bilan bo‘lishi kerak.
4. Xilvat dar anjuman. Muridning doimo ―Qalbing Alloxda, qo‘ling esa mexnatda shioriga amal qilib, zoxiran xalq bilan,botinan Xaq bilan bo‘lishligini bildiradi.
5. Yodkard.Tariqat a‘zosi doimo Allox yodi bilan yashamog‘i va zikr qilmog‘i lozim.
6. Bozgasht,ya‘ni Allohga qaytish. Tariqat a‘zosi tili yoki dilida kalima keltirgandan so‘ng uning orqasidan―Xudovando,mening maqsadim sensan so‘zini aytadi. Bu qoida odamdan yahshi yoki yomon fikrlarni xaydovchidir.
7. Nigaxdosht. Tariqat a‘zosi o‘zining har bir hatti-harakatini Alloh roziligi yo‘lida bajarilayotganligini hushyorlik bilan nazorat qilib borishi.
8. Yoddosht. Sufiyning maqsadi doimo Allox rizoligi yo‘lida harakat qilishi kerakligini yodida saqlashi lozimligi.
9. Vuqufi zamon. Tariqat a‘zosining doimo o‘z vaqtini xisob-kitob qilib yurishi, vaqtning qanchasi xayrli,qanchasi yomonlik uchun bo‘lganligini oylab yurmoqligi odobini bildiradi.
10. Vuqufi adadiy. Tariqat a‘zosi uchun xamisha allohning yagonaligini, tanxoligini, voxidligini Nazarda tutib yurish odobidir.
11. Vuqufi qalb. Tariqat a‘zosining xamisha o‘z dilida alloxni saqlash bilan Ko‘ngli to‘q xamda xotirjam bo‘lib yashirin zikr xolatida bo‘lish odobini bildiradi.
Yuqorida qayd etilgan tariqat a‘zosi amal qilishi shart bo‘lgan qoida, talab, odobning Sakkiztasini abduxoliq g‘ijduvoniy yaratgan. Ular baxouddin naqshband tomonidan yana uchta qoida Bilan boyitilib takomilga etkazilgan.
Baxouddin naqshband xaqida alisher navoiy ―nasoyim ul-muhabbat asarida shunday deb yozgan: ―oliy sifatlar egasi va mo‘tabar zot, xaq ravshanligining shohi va to‘g‘ri yo‘lning gul soluvchisi bo‘lgan Xoja baxouddin naqshband bu iqlim uzra taxt qurgach,yo‘qlik mulkida xam podshox Bo‘ldi.haqiqatdan xam,oltin silsila―silsilot az-zaxab deb atalgan va ko‘ngillarda ishqu sadoqat urug‘ini Ko‘kartirishga zamin yaratgan naqshbandiya tariqati musulmon olamida asrlar osha chuqur ildiz otdi. Hozirda pokistonda naqshbandiya tariqati jaxon markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. XXI asrga Kelib,nafaqat musulmon olamida, balki aqsh, germaniya,rossiya,avstraliya,litva kabi mamlakatlarda Xam bu tariqatga ixlosmandlar ko‘paydi.naqshbandiylik tasavvufni xayotiylashtirgan ta‘limotdir,- Deydi pokistondagi naqshbandiya tariqati jaxon markazi raisi zulfiqor axmad. Xulosa qilib shuni Aytish munkinki maqolamning oxirida ushbu tariqat daraxti xali butun olamni tutadi,chunki unda Kishilik tafakkurining eng amaliy va oqilona xulosasi mujassam.

Xulosa
Naqshbandiya ta‘limoti g‗oyalari insoniyatni kamolotga yetaklaydi va
tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, uzluksiz ta‘lim tizimida Bahouddin Naqshbandning ta‘limiy — axloqiy merosidan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish, alloma g’oyalarshga o’rganish jarayonida o‗quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, pedagoglarning
alloma qarashlari mohiyatidan to‗laqonli xabardor bo‗lishlari o’rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo‗lishini ta‘minlaydi.
Bahouddin Naqshband ta‘limiy-axloqiy merosi milliy istiqlol
g‘oyasining diniy, falsafiy, madaniy ta‘lim-tarbiya ildizidir va milliy istiqlol
mafkurasining bosh g‘oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Milliy pedagogikamiz ta‘limiy-axloqiy qarashlarga boy bo‘lib, bu borada Bahouddin naqshbandning ilmiy-pedagogik merosi nihoyatda boyligi tadqiqotda o‘z isbotini topdi.
Bahouddin Naqshband ta‘limiy-axloqiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning rang-barang metodikasini yaratish zaruriyati mavjudligi mavjud holatni o‘rganish jarayonida kuzatildi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi- Toshkent.: O‘zbekiston – 2008 .
2. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq‖.- 1998.
3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: ―Sharq‖. – 1998.
4. Karimov I. A.―Yuksak ma‘naviyat- yengilmas kuch‖- T.: Ma‘naviyat.– 2008.
5. Karimov I. A. Ulug‗ alloma Abdulxoliq G‗ijduvoniy tavalludining 900 yilligiga bag‗ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. Xalq so‗zi ro’znomasi.-28 noyabr 2003.
6. Karimov I.A. Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi. Xalq so’zi.-15 sentabr 1993.
7. Bohir M. Bahouddin Balogardon. (Fors tilidan Maxmud Hasaniy tarj.-T.: ―Yozuvchi‖. - 1993.
8. Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati.-T.: Cho’lpon. – 1995.
9. Buxoriy S.S Dilda yor (Hazrat Bahouddin Naqshband). Badia.-T.:
G’ofur G’ulom. 1993.
10. Buxoriy S.S.Bahouddin Naqshband yoki yetti pir.-T.: ―Yozuvchi 1993
Yüklə 65,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə