Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari. 
Tilning rivoj-
lanishi bolalar hayotining har bir jabhasida va ta’limiy muvaffaqi-
yatlarida eng muhim omildir. 2–5 yoshdagi bolalarning taxminan 
6 % i til rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Tilning 
yetarlicha shakllanmaganligi bolalarning butun hayoti davomida o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat, 
diqqat va o‘qitish hamda o‘rganishga tayyorgarlikda qator qiyin-
chiliklarni boshdan kechiradilar. Shuning uchun ham o‘z shaxsini erta 
anglash juda muhim hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy tarbiyasida til 
o‘rganish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi va bunda bilish 
darajasi ko‘pincha past bo‘ladi. Irlandiyada ingiliz tilini qo‘shimcha 
til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarda ham til va nutq tahlilida ye-
tishmovchiliklar mavjud bo‘ladi deb hisoblanadi. Bunday bolalarda 
tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili 
qiyin bo‘ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. 
Bir qancha tahlil uslublari maktabgacha bo‘lgan bolalarning mulo-
qoti va tilini baholashda qulay bo‘lishiga qaramay, bu metodlarning 
ko‘pchiligi kelajakda til bilan bog‘liq muammoga duch keladigan-
larni bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaragan-
da aniqroq deb hisoblanadi va ular bolalarning turli rivojlanish 
yo‘nalishlariga ko‘ra oddiy tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari 
tilda ishlatiladigan murakkab uslublarni qisman ta’minlaydi va shu 


108
sababli, ayniqsa maktabgacha bo‘lgan bolalarda til tahlili bo‘yicha 
ko‘proq izlanishni talab etadi
18
. (Edited by Mary Rafferty «Abrief re-
view of approaches to oral language developme nt» USA 2014y).
Xulosa:
Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat 
tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vu-
judi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand 
bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi 
zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati 
bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini 
ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining 
haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga 
ko‘maklashadi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə