Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə1/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Assotsiatsiya so\'zlari


TOG usuli. Guidebook.


Kirish.

Xorijiy tillarni o’zlashtirishda o’quvchilarning eng ko’p duch keladigan muammolaridan biri – bu xorjiy so’zlarni eslab qola olmaslik.


Xorijiy so’zlarni biz tez eslab qolamiz, esimizda qoldi deb o’ylaymiz. Ammo juda tez unutib qo’yamiz va hatto buni sezmay ham qolamiz. Shu sababli eslab qolish sifatimiz pastga tushib ketadi va biz buni xotiramiz past deb hisoblashni boshlaymiz. Aslini olganda esa, bu sizning xotirangiz bilan bog’liq bo’lgan muammo emas, balki noto’g’ri metodni qo’llayotganingizning natijasi bo’lishi mumkin.
Unda to’g’ri metodni qanday tanlash kerak? Boshida bu juda qiyin savol bo’lib ko’rinishi mumkin. Birozgina izlansakda, buning javobini topishga harakat qilsak.
Agar xabaringiz bo’lsa, dunyo bo’yicha eslab qolish bo’yicha chempionatlari o’tkaziladi. Bu esa eslab qolish bo’yicha jahon federatsiyalari tomonidan o’tkaziladi. 2010-yilgacha ushbu musobaqalarda “Vocabulary” yo’nalishi bo’lgan. Bunda ishtirokchiga turli xil o’ylab topilgan so’zlar berilgan va ularning o’ylab topilgan ma’nosi bo’lgan. Ishtirokchilar 5 daqiqa ichida imkon qadar ko’proq notanish so’zlarni eslab qolishlari, vaqt tugaganidan so’ng yana 5 daqiqa ichida eslab qolgan xorijiy so’zlarini qayta eslashligi kerak edi. Bu bo’yicha o’rnatilgan record Germaniyalik mnemonist “Anna Barwinski”ga tegishli bo’lib, u 5 daqiqa ichida 67 ta notanish so’zlarni eslab qolib record o’rnatgan. Anna ushbu natijani 2011-yilgi Germaniya musobaqasida o’rnatgandi.
Taxminan 2010-yillarda ushbu yo’nalish jahon standartidan olib tashlangandi, lekin yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra 2016-yilgi Germaniya musobaqalarida ushbu yo’nalish bo’yicha bellashuv bo’lib o’tgan. Yuqorida WMSC (World Memory Sports Council) dagi “Vocabulary” yo’nalishidagi rekord natijaning rasmini havola etdik. Agar shaxsan o’zingiz ushbu natija borligini tekshirish niyatingiz bo’lsa, worldmemorychampionships.com saytiga kirib, u yerda rekordlar bandini tanlashingiz kerak.
Ko’rib turganingizdek, 5 daqiqa ichida 67 ta xorijiy so’zni eslab qolishning imkoni bor. Endi bir savolni o’rtaga tashlasak, agar hali ham ushbu yo’nalish bo’yicha bellashuv bo’lganida va ushbu yo’nalish faqat Germaniyada emas, balki butun jahon bo’yicha bo’lganida, ushbu ko’rsatkich qanchagacha ko’tarilishi mumkin?
2011-yilgi yilda o’rnatilgan rekordlar, hozirgi vaqtda 1,5 baravarga yangilangan. O’ylaymizki, 5 daqiqa ichida 100 dan ortiq xorijiy so’zlarni eslab qolishning imkoni bor. Hozirgi eng kuchli mnemonistlar ushbu natijani qila olishi tabiiy. Buni ushbu mnemonistlarning hozirgi natijasiga qarab aytmoqdamiz.
Jahondagi boshqa mnemonistlarning ko’rsatgan natijasi, mnemonika orqali qisqa vaqtda katta hajmdagi xorijiy so’zlarni eslab imkonini berishini tushunib oldik. Endi bir xushxabarni aytamiz. O’rtacha kuchli mnemonist, jahon rekordchilari qilgan natijaning to’rtdan bir qismini, yoki uchdan bir qismini bajara oladi. Bu degani siz atigi 5 daqiqa ichida tahminan 20 tacha xorijiy so’zlarni eslab qolib, ularni uzoq muddatdan keyin ham qayta eslashingizni imkoni bor. Endi o’zingizga savol bering, sizga agar 50 ta xorijiy so’z eslab qolish uchun berilsa, bu so’zlarni eslab qolish sizdan qancha vaqt talab etadi? Kimdir bu savolga 2 soat deb javob beradi. Balki siz 30 daqiqa dersiz. Ammo o’rtacha mnemonist 50 ta so’zni 10-15 daqiqada muammosiz eslab qola oladi.
Yana bir natijani sizga keltirib o’tishimiz mumkin. O’zbekistonlik mnemonist, 2 karra Rossiya chempioni, Islomxo’ja Madaminov, 14 soat ichida 1100 ta so’zni eslab qolib, ularni qayta eslashga harakat qilgan va ushbu 1100 ta so’zdan 1028 ta xorijiy so’zni eslab qola olgan.
Bunday natijani ko’rsatish uchun o’n yillab shug’ullanish shart emas, shunchaki 3-4 oy mnemonika orqali xorijiy so’zlarni yodlasangiz kifoya. Undan so’ng sizni natijalaringiz aql bovar qilmas darajada yaxshilanadi.
Demak, xorijiy so’zlarni eslab qolish uchun kerakli metodni topdik, endi uni qanday qilib boshlash va shug’ullanish haqida gaplashib o’tamiz.

Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə