Tog usuli. Guidebook. Kirish


Qo’shimcha xorijiy so’zlar



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə13/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Assotsiatsiya so\'zlari

Qo’shimcha xorijiy so’zlar

Quyida yan qo’shimcha 50 ta so’zga tayyor obrazlar berilgan. Bu so’zlar yuqoridagi so’zlarga nisbatan biroz qiyinroq. Ulardan ham na’munalar olishingiz mumkin.


1. Asleep [eslip] – uxlayotgan; (eslab) tasavvur qiling, uxlayotganingizda bolaligingizni eslab yotibsiz.

2. Berry [beri] – malina; (jerry) tasavvur qiling mushugingiz bilan mult qahramon Jerry malina yeyapti.

3. Collect [kelekt] – to‘plamoq; (kolgeyt) tasavvur qiling, kolgeytni qutilarini to‘plab rekord qo‘yib mashhur bo‘lib ketdingiz.

4. Compete [kempiit] – musobaqalashmoq; (kompot) tasavvur qiling, achigan kompot ichish bo‘yicha musobaqada qatnashyapsiz.

5. Conversation [konverseishn] – muloqot; (konvert) tasavvur qiling, internet turganda uzoqdagi tanishlaringiz bilan kovertdagi xatlar orqali muloqot qilyapsiz.

6. Creature [kriiche] – mavjudot; (karochche) tasavvur qiling, mavjudotlar karochche deb baqirib yotipti.

7. Decision [disijn] – qaror; (jin) tasavvur qiling, bir nechta jinlaringiz bor va siz uchun ular qaror qabul qiladi.

8. Either [eizer] – ikkalasadan biri; (Izmir) tasavvur qiling, Turkiyadagi Izmir va Istanbul shaharlarining ikkalasidan biriga hokim qilib saylanyapsiz.
9. Forest [ forest] – o‘rmon; (voris) tasavvur qiling, Podshoh o‘rmondagi she’rni voris qilib qoldirdi.

10. Ground [graund] – yer; (grant) tasavvur qiling, o‘qishga grant kirb yer yutib oldingiz.

11. Introduce [introdyus] – tanishtirmoq; (Impra plus) tasavvur qiling, Impra plus degan choyni hamma bir-biriga tanishtirib, reklama qilib yuribdi.

12. Marry [mery] – turmushga chiqmoq; (Mariya) tasvvur qiling, Mariya degan rus qiz sizga turmushga chiqyapti.

13. Prepare [pripeir] – tayyorlamoq; (priprava) tasavvur qiling, yaxshi pripravalar (ziravor) bilan oshga kerakli masalliqlarni tayyorlayapsiz.

14. Sail [seil] – qayiqda suzmoq; (sel) tasavvur qiling, sel ko‘p yoqqanidan odamlar shahar ichida qayiqda suzib yuribdi.

15. Serious [sieries] – jiddiy; (servis) tasavvur qiling, mijozlarga servis (xizmat) ko‘rsatishda jiddiy yondashmaganingiz uchun ishdan haydaldingiz.

16. Spend [spend] – sarflamoq; (Ispaniya) tasavvur qiling, Ispaniyada pulingizni sarflab qo‘yib O‘zbekistonga qaytolmay yuribsiz.

17. Strange [streinj] – g‘alati; (doktor Strenj) tasavvur qiling, g’alati bir odamni ko’rib qoldingiz, u esa doktor Strenj ekan.

18. Truth [truss] – haqiqat; (tros) tasavvur qiling, qirollar odamlardan haqiqatni so‘rab tros bilan uryapti.

19. Wake [veik] – uyg‘onmoq; (bek) tasavvur qiling, ertalab beklarcha uyg‘onyapsiz.

20. Alone [eloun] – yolg‘iz; (Ilon) tasavvur qiling, bir xonada ilon bilan yolg‘iz o‘zingiz qoldingiz.

21. Apartment [epartmnt] – kvartira; (departament) tasavvur qiling, o‘zga yurtda kvartirada propiskasiz yurganingiz uchun sizni politsiya departamenti sudga olib ketdi.

22. Article [aartikl] – maqola; (atir) tasavvur qiling, atir haqida maqola yozib mashur bo‘lib ketdingiz.

23. Attitude [etityud] – munosabat (tut daraxti) tasavvur qiling, tut daraxti bilan yaxshi munosabatda suhbatlashib o‘tiribsiz.

24. Compare [kompeier] – taqqoslamoq; (qon ber) tasavvur qiling, dunyodagi qonlarni rangini taqqoslab yuribsiz, olimlik qilib.

25. Judge [jadj] – baho bermoq; (jajji) tasavvur qiling, musobaqada jajji bolachalar hakamlik qilib sizga baho beryapti.

26. Magazine [megeziin] – jurnal; (magazin) tasavvur qiling, oziq-ovqat magazinida jurnal sotilyapti.

27. Material [metieriel] – xom-ashyo; (material) xuddi inglizlarga o’xshab Materialni talaffuz qiling.

28. Meal [mil] – ovqat; (Nil daryosi) tasavvur qiling, nil daryosi yuzasida muallaq turib ovqatlanyapsiz.

29. Method [metsed] – uslub; (metod) tasavvur qiling, Mnemonikadagi Metodni qo’llab, hayotingiz o‘zgardi.

30. Neighbor [neybor] – qo‘shni; (ey, bor) tasavvur qiling, qo‘shningiz bilan urushib, unga “ey , bor” deyapsiz.

31. Professional [prefeshinel] – kasbiy; (professional) tasavvur qiling, kasbingizda professional bo‘lganingiz uchun faxriy yorliq bilan taqdirlanyapsiz.

32. Profit [profit] – foyda; (profil) tasavvur qiling, instagram profilingizda foydali maslahatlar berib xalq sevgan blogerga aylandingiz.

33. Quality [kvaleti] – sifat; (kuvalda) tasavvur qiling, temirchisiz va temirdan sifatli pichoq yasash uchun kuvalda bilan ko‘p-ko‘p uryaspiz.

34. Shape [sheip] – shakl; (shef) tasavvur qiling, restoranda shef oshpazsiz va turli shakldagi pishiriqlar, taomlar tayyorlayapsiz.

35. Space [speis] – bo‘shliq; (spetsnaz) tasavvur qiling, spetsnazlar bitta bo’shliq joyni topib olishdi.

36. Stair [steier] – zina; (suz, tayyor) tasavvur qiling, oilaviy zinada ovqat pishirib o‘tiribsizlar va akangiz “ovqatni suz, tayyor” deyapti.

37. Symbol [simbel] – ramz; (simvol) tasavvur qiling, sizni ko‘rinshingiz davlatning bir ramzi, simvoli sifatida qabul qilindi.

38. Thin [tsin] – ozg‘in; (sen) tasavvur qiling, bir ozg‘in do‘stingizga “sen muzqaymoqning cho‘piday ozg‘insan” deyapsiz.

39. Blood [blad] – qon; (bulut) tasavvur qiling, bulut qon yig‘layapti.

40. Burn [bo‘rn] – olovda yoqmoq; (bo‘ron) tasavvur qiling, olov yoqayotganingizda bo‘ron boshlanib ketti.

41. Cell [sel] – qamoqxona kamerasi; (sel) tasavvur qiling, sel yog‘ib shahringizdagi qamoqxona kameralaridan mahbuslar qochyapti.

42. Contain [kentein] – o‘z ichiga olmoq; (konteyner) tasavvur qiling, butun borliqni bitta konteyner o‘z ichiga oladi.

43. Correct [kerekt] – to‘g‘ri; (kriket) tasavvur qiling, Hindistonda kriketni to‘g‘ri o‘ynolmaganingiz uchun jinoiy javobgarlikka tortildingiz.

44. Crop [krop] – hosil; (ko’p) tasavvur qiling, bolaligingizda ekkan daraxtingiz hosilga kirib, ko’p meva berdi.

45. Demand [dimand] – talab qilmoq; (demak) tasavvur qiling, “talab qilmoq – so‘ramoq demakdir” degan iqtibos aytib faylasuf bo‘lib tanildingiz.

46. Equal [ikwel] – teng; (ukol) tasavvur qiling, umringizda bobongiz tengi odam olmagan miqdorda ukollarni olib davolanyapsiz.

47. Feed [fid] – boqmoq; (hid) tasavvur qiling, uyingizda ko‘p hayvonlarni boqib ularning hidiga chidolmayapsiz.

48. Hole [houl] – teshik; (xol) tasavvur qiling, xolingizda teshikcha paydo bo‘lib ichidan oltin oqyapti.



49. Increase [inkriis] – ko‘tarmoq, oshirmoq; (inqiroz) tasavvur qiling, kompaniyangizda mahsulot narxini oshirganingiz uchun inqirozga uchradingiz.

50. Lord [lord] – podshoh, janob; (tort) tasavvur qiling, podshohlar tort pishiryapti.
Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə