Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə7/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Assotsiatsiya so\'zlari

Mavhum so’zlar muammosi.

Odatda biz yodlaydigan xorijiy so’zlarimiz ot so’z turkumiga oid bo’ladi va ularni biz oson obrazga aylantiramiz va eslab qola olamiz. Lekin biz yodlaydigan hamma so’zlarimiz ham ot so’z turkumiga kiravermaydi. Sifat, fe’l, olmosh va ravish so’z turkumlaridagi so’zlarni yodlash qiyindek tuyuladi. Ammo bunda hech qanday narsa o’zgarmaydi. O’sha o’sha TOG usulidan foydalanamiz.




Keling, avval bir o’yin o’ynab olaylik:
Ushbu rasm o’ngdagi 4 ta variantdan qaysi biriga mos?
Buni hech qanday qiyinchiliksiz uddaladingiz, ya’ni bu og’ir so’ziga mos.
Endi 2-rasmni ko’ramiz.
Ushbu rasm o’ngdagi variantlardan qaysi biriga mos?
Agar sizning ham javobingiz g’am-tashvish bo’lgan bo’lsa, u holda siz to’g’ri topdingiz.
Endi 3-rasmga o’tamiz.
Ushbu rasm o’ngdagi variantlardan qaysi biriga mos?
Menimcha bunga ham javobni ikkilanmay topdingiz, ya’ni tasavvur.
Ko’rib turibsizki, ushbu rasm orqali siz mavhum deb hisoblagan narsani tasavvur qila olishingizni bilib oldingiz. Istalgan o’zingiz biladigan so’zni miyangizda obrazi bor bo’ladi. Agar miyangizda obrazi bo’lmaganda edi, siz ushbu so’zni nima ekanligini ham bilmagan bo’lardingiz.
Misol tariqasida ushbu so’zlarni keltirib o’tamiz: Falmer, Dovakin, Kastrin. Ushbu so’zlarni birortasini ham tasavvur qila olmagandirsiz. Chunki siz ushbu so’zlar bilan hech nima bog’lamagansiz, miyangizda ushbu so’zlarning obrazi yo’q.
Ammo sizga tortishuv, xiyonat, g’ayritabiiy, odatda, tushunarsiz kabi so’zlar berilsa siz bularni tushuna olasiz. Tushuna olyapsizmi, demak miyangizda ushbu so’z bilan bog’liq qandaydir obraz bor. Sizning vazifangiz esa shu obrazni topish xolos. Hoziroq 20 ta o’zingiz mavhum deb hisoblagan o’zbek tilidagi so’zni oling va 5 daqiqa vaqt ajratib, o’sha so’zlarni obrazga aylantirishga harakat qiling. Misol tariqasida ushbu 20 ta so’z bilan ishlang:
1. Oliy 11. Bezbet
2. Taraqqiyot 12. Muntazam
3. Mamnuniyat 13. Ajoyib
4. Xulq-atvor 14. Tekis
5. Ozor 15. Ojizlik
6. Tabiat 16. Beayov
7. Qalb 17. Xotirjam
8. Mujassam 18. Mobaynida
9. kabi 19. Orqali
10. Noma’lum 20. Ravishda
Ushbu mashqni bajarganingizdan so’ng, bu so’zlarga obraz topish unchalik mushkul emasligini bilib oldingiz.

Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə