Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə4/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Assotsiatsiya so\'zlari

Yapon tili so’zlari





Yaponcha

Talaffuz

O‘zbekcha

1

Hachimitsu

hachimitsu

Asal

2

Konchu

ko’nchu

Hasharot

3

Asa

asa

Tong

4

Itsu

Itsu

Qachon

5

Otearai

o’tearay

Xojatxona

6

Gatsu

gatsu

Oy

7

Minna

minna

Hamma

8

Kutsu

kutsu

Tufli

9

Ao

ao

Ko’k

10

Te

te

Qo’l

11

Hito

hito

Odam

12

Nemasu

Nemas

Uxlamoq

13

Megane

megane

Ko’zoynak

14

Kusa

kusa

O’t

15

Kinou

kinou

Kecha

16

Kazoku

kazoku

Oila

16

Sakana

sakana

Baliq

17

Hatarakimasu

hatarakimas

Ishlamoq

18

Basu

bas

Avtobus

20

Nihon

nihon

Yaponiya

21

Kyou

kyou

Bugun

22

Okuni

o’kuni

Vatan

23

Nichiyoubi

nichiyoubi

Yakshanba

24

Kani

kani

Qisqichbaqa

25

Shokudai

sho’kuday

Oshxona

26

Ishya

ishya

Shifokor

27

Nekutai

nekutay

Bo’yinbog’

28

Tamago

tamago

Tuxum

29

Arigatou

arigato

Rahmat

30

Hachi

hachi

Sakkiz

31

Hai

hay

Ha

32

Tanjyoubi

tanjyo’ubi

Tug’ilgan kun

33

Heya

heya

Xona

34

Ushi

ushi

Sigir

35

Neko

neko’

Mushuk

36

Densha

densha

Poyezd

37

Ninjin

ninjin

Sabzi

38

Katatsumuri

katatsumuri

Shilliqurt

39

Ikimasu

ikimas

Bormoq

40

Tokidoki

to’kido’ki

Onda-sonda

Yuqoridagi 40 ta so’zni TOG usuli orqali bog’lab, yodlab ko’rdingiz degan umiddaman. Agar so’zlarni yodlamagan bo’lsangiz, to’xtang va ortga qaytib yodlang!


Yodlab bo’ldingizmi? U holda o’qishda davom etishingiz mumkin.
Xorijiy so’zlarni yodlash taktikasi.

Ko’pchilik xorijiy so’zlarni yodlashga o’tiradi va 5 daqiqa shug’ullanganidan so’ng, chalg’ib so’z yodlagisi kelmay qoladi. Shu narsani oldini olish maqsadida biz hozir sizga dangasalikni yengish uchun sifatli qurol, “Pomidor” usulini berib o’tamiz. Hozir metod haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz. Ushbu metodni istalgan ishni bajarish uchun ishlatish mumkin, jumladan xorijiy so’zlarni yodlashga ham.


Pomidor metodi 1980-yillarda Franchesko Chirillo ismli talaba tomonidan o’ylab topilgan bo’lib, dangasalikni yengishdagi eng samarali va mashhur usullardan biri hisoblanadi.
Pomidor usulini ishlatish algoritimi quyidagicha:
1-qadam. Chalg’ituvchi omillardan xalos bo’lish. Bu bosqichda barcha chalg’ituvchi omillar bartaraf qilinishi lozim. Chalg’ituvchi omillarga oila a’zolari, telefon, shovqin va shu kabi ish jarayonida sizni chalg’ishga sabab bo’luvchi narsalar kiradi. Bu bosqichda uydagilar ogohlantiriladi, telefonlar o’chiriladi yoki avtopilot rejimiga qo’yiladi. Chunki bu usulning asosi konsentratsiyani bir joyga jamlab ishlash hisoblanadi. Ushbu bosqich o’ta muhim. Hayotning shunday bir achchiq haqiqati bor: bo’sh vaqtingizda, sizni hech kimga keragingiz yo’q, ammo endi nimadir qilaman deganingizda hammaga kerak bo’lib qolasiz.
2-qadam. Rejalashtirish va tayyorgarlik. Bu bosqichda bajarmoqchi bo’lgan ishingiz rejalashtirib olinadi. Misol uchun, ishingizga kerak bo’ladigan narsalarni tayyorlab olish, necha varoq kitob o’qish yoki qancha hajmda ish bajarish va h.k. Chunki avvaldan hamma narsa tayyorlab olinmasa, ishlash jarayonida chalg’ishga olib keladi. Bunga yana bir sabab, miya qancha ishni qilishi kerakligini va ishining oxirini ko’rganida, yaxshiroq ishlaydi. Agar qancha ish qilishi kerakligini bilmasa, miya dangasalik qilishni boshlaydi. Shug’ullanishni boshlamasdan avval, oldingizga suv, yoki qahva qo’yib olishingiz mumkin. Chanqagan paytingizda suv ichib turasiz.
3-qadam. Taymerni yoqish. 25 daqiqaga taymer qoyiladi va konsentratsiyani jamlab ishga kirishiladi. Bu usulni kuchli jihati shundagi 2-3 soatlik ishlarni pomidorlarga ajratib, dangasaliksiz bajarib yuborish mumkin. Bittada 100 marta turnikda tortilish mumkinmi? Albatta yo’q, hattoki kuchli sportsmenlar ham 40-50 tacha qilishadi. Lekin siz 10 ta tortilib, so’ng biroz dam olib, keyin yana 10 ta tortilib, yana dam olsangiz, siz muammosiz 100 ta tortina olasiz. Pomidor metodining asosiy mohiyati ham shunda. Taymer ishni tezroq bajarishga undaydi. Chunki miyamiz vaqt tugayotganini sezganda yana ham tezroq ishlashni boshlaydi. Agar boshlanishiga 25 daqiqa diqqatni jamlab ishlash qiyinlik qilsa, 20 yoki 15 daqiqalik Pomidor ishlatishingiz mumkin.
4-qadam. 5 daqiqa dam olish. Taymer tugashi bilan 5 daqiqa dam olinadi. Dam olish jarayonida miyani dam oldirish kerak, ortiqcha narsalarga, masalan, telefonga chalg’ish mumkin emas. Chunki bu paytda miya olingan ma’lumotni hazm qiladi va tahlil qiladi. Dam olayotganda shunchaki hech narsani o’ylamasdan yotishingiz yoki oynani ochib toza havoda nafas olishingiz mumkin.
Pavlov o’tkazgan tadqiqotda u itiga ovqat berayotganda lampochkani yoqardi. Ma’lum vaqtdan so’ng, itda lampochkaga nisbatan shartli refleks paydo bo’ladi va ovqat bermasdan lampochkani yoqqanida itning og’zidan so’lak oqa boshlaydi. Pomidor usulini ko’p marotaba ishlatish orqali ham biz miyamizni taymerlar bilan ishlashga moslashtirishimiz mumkin.
5-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi. Yana 25 daqiqaga taymer qo’yiladi va ishlanadi. Vaqt tugaganidan so’ng, yana 5 daqiqa dam olinadi. 1 soat tinmasdan ishlagandan ko’ra, 2 ta pomidor ishlagan afzalroq. To’xtovsiz 4 ta pomidordan keyin katta tanaffus qilinadi, ya’ni 1-2 soat dam olinadi. Chunki bunda miyamiz ancha toliqqan bo’ladi.

Pomidor usuli orqali FIKni, ya’ni foydali ish koeffitsiyentini bir necha barobarga oshirishingiz mumkin. Bir kunda o’rtacha 8-10 tagacha pamidor bilan ishlashingiz mumkin. Pomidor usulini har qanday ishga nisbatan qo’llasa bo’ladi. Misol uchun; uy tozalash, dars qilish, kitob o’qish, hatto kinoni ham pamidorlarga bo’lib ko’rsangiz boladi.


Ushbu metodni qo’llaganingizdan so’ng hayolingizga bir savol kelishi tabiiy, metodning nomi nega aynan pomidor? Chirillo ishlayotganda onasining pomidor ko’rinishidagi taymerini ishlatar edi va usulga ham pomidor deb nom qo’yib qoyvergan. Bu usul vaqtni bloklarga ajratishdan iborat.
Pomidor usuli nima ekanligini tushunib olganingizdan so’ng, uni siz xorijiy so’zlarni eslab qolish uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi.
Ana endi yodlashingiz kerak bo’lgan barcha so’zlarni tayyorlab oling. Tahminan 50 tacha so’z kerak bo’ladi. So’zlarni o’zingiz yodlashingiz zarur bo’lganlarini tanlab oling. Ushbu so’zlarning ichida siz tarjimasini bilgan so’zlaringiz bo’lmasligi zarur.

Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə