Tog usuli. Guidebook. Kirish


Assotsiatsiya va Tasavvur



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə2/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Assotsiatsiya so\'zlari

Assotsiatsiya va Tasavvur

Mnemonika – eslab qolish san’ati. Ya’ni sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi.


Mnemonika orqali istalgan ma’lumotni tez va oson eslab qolish mumkin. Ammo eslab qolish nimani hisobiga amalga oshadi. Buning hammasi miyamizning tabiiy ishlash funksiyalaridan kelib chiqadi. Bizning miyamiz tasvirlarni yaxshi eslab qoladi. Buni qisqacha qilib shunday deb atashimiz mumkin: Tasavvur – miyaning tili. Agar siz o’zingizga kerakli ma’lumotni tasavvur qilib eslab qolsangiz, ushbu ma’lumot yaxshiroq eslab qolinadi. Agar ushbu tasavvur qilishga assotsiatsiyani qo’shsak, u holda bu mnemonikaga aylanadi va ma’lumotni yanayam uzoqroq muddatga eslab qolsa bo’ladi.
Keling, hozir tasavvurimiz va kreativligimizni ishlatgan holda ushbu topshiriqni bajaramiz. Quyida 10 ta juft so’zlar beriladi. Bizning vazifamiz ushbu 10 ta so’zni bir-biriga tasavvur qilib bog’lash. Buni hozir biz birgalikda bajaramiz, keyingi juftliklarni esa mustaqil bajarishga harakat qiling. Ushbu mashq mnemonikaning asosi hisoblanadi. Agar ushbu mashqni osonlik bilan bajara olsangiz, u holda xorijiy so’zlarni eslab qolishingiz ham nisbatan osonroq bo’ladi.


1. Narvon – Sher
2. Kosmos – Fonar
3. Tufli – Likopcha
4. Ruchka – Miya
5. Kitob – Mix
6. Yelim – Qanot
7. Mushuk – Tosh
8. Yostiq – Chumoli
9. Arg’imchoq – Piyoz
10. Rozetka – Toj


Yuqoridagi 10 ta juft so’zlarni hozir birgalikda bir-biriga bog’lashga harakat qilamiz. Faqat bog’langan narsani yaxshilab tasavvur qilishingiz shart! Xuddi haqiqatan ham xuddi shu narsalar sodir bo’layotgandek tasavvur qiling:
1. Sher narvonni devoringizga qo’yib, tomga chiqib ketmoqda.
2. Kosmos qorong’iligi uchun siz fonar tushurib kosmosda sayr qilyabsiz.
3. Likopchani ustiga tufliyingizni qo’ydingiz va uni dushmaningizga ovqat sifatida beryapsiz.
4. Miya ruchka bilan miyaning rasmini chizmoqda. (obrazni vaxshiyroq qilib tasavvur qilish ham mumkin, bu bizda kuchli emotsiyani uyg’otadi)
5. Kitobga mix qoqib tashladingiz
6. Qushning ikki qanotini yelimlab qo’ydingiz, u endi ucha olmayapti.
7. Ko’chadagi mushuk sizga tosh otmoqda
8. Yostig’ingizni ustida chumolilar dam olib yotipti
9. Piyoz arg’imchoq uchmoqda
10. Rozetkaning ustiga toj kiydirib qo’yishgan.

Agar yuqoridagi yozilganlarni tasavvur qilishga qiynalgan bo’lsangiz, hech qisi yo’q. Bu mashqni takroran ko’proq bajaraversangiz, keyinchalik bu jarayon osonlashadi va qiyinchilik tug’dirmaydi.


1. Narvon – ?
2. Kosmos – ?
3. ? – Likopcha
4. ? – Miya
5. ? – Mix
6. Yelim – ?
7. ? – Tosh
8. Yostiq – ?
9. Arg’imchoq – ?
10. ? – Toj


Ana endi so’roq o’rnida turgan so’zlarni topishga urinib ko’ring, javoblarni esa oldingi betdan tekshirib olishingiz mumkin.
Xo’sh, qanday? Natija a’lomi? Eng kamida 10 tadan 8 ta so’zning juftini eslay olgandirsiz, albatta bu yaxshi natija. Eng qizig’i sizga faqatgina so’zlarni bog’lab tasavvur qiling deyilgandi, siz esa uni eslab ham qoldingiz. Ya’ni eslab qoling deyilmagan bo’lsa ham, siz ushbu 10 ta juftlikni yaxshigina eslab qoldingiz. Eng qizig’i shundaki, bu juftliklarni ertasi kuni eslashga harakat qilsangiz ham, natija ya’na a’lo darajada bo’ladi. Siz ushbu so’zlarni unutishingiz juda sekin bo’ladi. Mana shu mnemonika orqali yodlash deyiladi.
Agar natija yaxshi chiqmagan bo’lsa, u holda sizda ushbu 3 ta muammo bo’lishi mumkin: 1. Siz berilgan bog’lanishni tasavvur qilmay, shunchaki o’qib ketgansiz; 2. Tasavvur qilish paytida sizning diqqatingiz chalg’igan bo’lishi mumkin; 3. Siz yozilgan so’zlarni nimaligini bilmaysiz (albatta bunday holat uchrashi juda g’alati, lekin tarelka o’zbek tilida likopcha ekanligini bilmaydigan ayrim insonlar bor. Siz ularning qatoriga kirmaysiz^_^)
Endi mustaqil shug’ullanish uchun 3 ta ustunda 10 tadan juft so’zlar beriladi. Bu so’zlarni o’zingiz mustaqil ravishda bo’glashga harakat qiling. Eng qizig’i, ushbu mashqni oilangiz a’zolari bilan bajarishingiz mumkin. Bolalarga ushbu o’yin yoqishi aniq.

Bog’lashda so’zlarning yaxshi esda qolishi assotsiatsiyaning qanchalik mustahkamligi va tasavvurning qanchalik yorqinligiga bog’liq. Agar so’zlar noodatiy, qiziqarli, kulguli bog’lanadigan bo’lsa, hamda aniq-tiniq tasavvur qilinsa, takrorlashsiz bir marta eslab qolishning o’zida uzoq muddatga, balki bir umrga esda qolishi ham mumkin. Xo’sh, mustahkam assotsiatsiya qanday bo’ladi? Assotsiatsiya mustahkam bo’lishi uchun asosan 3 ta narsaga e’tibor berish kerak: 1. Noodatiylik; 2. O’zaro kuchli ta’sir; 3. Yorqin tasavvur. Endi har biriga alohida to’xtalib o’tsak. Noodatiylik degani shuki, obrazlar bir-biriga oddiy bog’lanmasligi kerak. Misol uchun ruchka va kitob so’zini bog’lash kerak bo’lsa, shunchaki ruchka kitobning ustida turganini tasavvur qilgandan ko’ra, ruchkani yuqori tezlikda uchib kelib devordagi kitobga sanchilib qolganini tasavvur qiligan yaxshiroq esda qoladi. Yana boshqa misolni ko’radigan bo’lsak, aytaylik telefon va tufli so’zini bog’laganda telefonni tufli ichiga solgandan ko’ra telefon tufli kiyib ko’chada yurganini tasavvur qilgan yaxshiroq esda qoladi. To’g’ri telefonda oyoq bo’lmaydi. Lekin, tasavvurda hamma narsaning iloji bor va unda chegara degan narsa yo’q. Ko’p multfilm va fantastik kinolar ko’rgan odamlarda bunday noodatiy tasavvurlarni qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Miyamiz oddiy voqealarni yaxshi eslab qolmaydi. Misol uchun yoningizda kimdir avariyaga uchragan bo’lsa yoki ikki kishi mushtlashib ketadigan bo’lsa, bu voqeani esingizdan chiqarmaysiz. Lekin 3 kun oldin nima ovqat yeganingizni eslolmasligingiz mumkin. Chunki bu holat doimiy takrorlanadigan va oddiy holat. Xullas obrazlarni iloji boricha noodatiy bog’lashga harakat qilish kerak. Shunda uzoq muddatga esda qoladi. Agar oddiy bog’lab qo’ysangiz bir necha kundan so’ng yodingizdan chiqishni boshlaydi.
Obrazlar orasidagi o’zaro ta’sir ham eng muhim qismlarda biri. Bog’lanayotgan obrazlar bir biriga ta’sir ko’rsatishi kerak. Agar shunchaki yonida, ustida turibdi bo’ladigan bo’lsa, tez esdan chiqishni boshlaydi. Yuqoridagi ruchka va kitob misolida ko’rganimizdek kitobning ustida ruchkani tasavvur qilgandan ko’ra, kitobga ruchkani sanchgan yaxshiroq. Chunki bunda obrazlarning o’zaro ta’siri kuchliroq. Yana bir misolni ko’rsak, olma va sokni bog’layotganda ko’pchilik olmali sok deb o’tib ketadi. Bu esa esda qolarli emas. Undan ko’ra olma va sok alohida tasavvur qilib bog’lagan yaxshi. Masalan turli soklar orasida poyga bo’layotgani va soklar olmani g’ildirak sifatida ishlatayotganini tasavvur qilganingiz yaxshi esda qoladi.
Tasavvur qanchalik yorqin bo’lsa, u shunchalik yaxshi esda qoladi. Chunki miyamiz rang-baranglik va tiniqlikni yoqtiradi. Xira video va 4k formatdagi videoni ko’radigan bo’lsangiz, 4k formatdagi videoni qayta-qayta tomosha qilgingiz keladi. Oq va qora rangdan iborat rasmni va rang barang rasmni ko’radigan bo’lsangiz, rangli rasm sizga yoqadi.
Shu sababli tasavvurni rangli va yorqin, har bir detaligacha urg’u bergan holda tasavvur qiling.
Agar sizda hozirgacha hech qanday muammo bo’lmagan bo’lsa, u holda siz xorijiy so’zlarni eslab qolish texnikasiga o’tishingiz mumkin.
TOG

Ona tilidan tashqari 2-3 ta tilni bilish, bu daho insonlarga xos hislat emas, buni oddiy odam ham qila oladi. Shunchaki bunga vaqt yetarli bo’lsa bo’lgani. Hattoki tanishlaringiz orasida ham mnemonikadan xabari yo’q, ammo 3-4 ta tilni biladiganlari ham bo’lishi mumkin. Mnemotexnikasiz til o’rganish mumkin emas degan tushuncha noto’g’ri, mnemonika bilan tilni odatdagidan tezroq o’rganish mumkin degan tushuncha to’g’riroq bo’ladi. Tasavvur qiling, siz uyingizdan qo’shni davlatga ketishingiz kerak. Agar siz poyezdda borsangiz, 2-3 kunda yetib borasiz, ammo samolyotda ketsangiz, 4-5 soatlarda yetib olishingiz mumkin. Siz qaysi texnikadan foydalanishingizga qarab, vaqtingizni tejaysiz. Xohlasangiz eshak aravada ham borishingiz mumkin, albatta, bu bir necha oyni olishi mumkin. Demak, mnemonikani bilgan inson, xorijiy so’zlarni osonroq eslab qola oladi, shu bilan birgalikda u xorijiy tilni qolganlarga nisbatan tezroq o’rgana oladi.


Ushbu shaxs, Richard Chetem Atkinson bo’lib, u amerikalik psixolog, Stendford universiteti professori, xotirani o’rganish bo’yicha bir qancha tadqiqotlar o’tkazgan. Shu bilan birgalikda u o’zining xorijiy so’zlarni eslab qolish uchun fonetik kodlash uslubini amalda qo’llashni boshlagan va 1970-yillarda, Stendford universiteti talabalariga xorijiy so’zlarni eslab qolish uchun ushbu metodni ishlatishni tavsiya etgan. 1975-yillarda esa, ushbu metod bo’yicha tajriba o’tkazilgan. Bunda ikkita guruh olingan. Tajriba guruhi va kuzatuv guruhi. Har ikkalaligiga ham 120 ta xorijiy so’zni eslab qolish berilgan (kuniga 40 tadan 3 kunda). So’zlarning tarjimasi ishtirokchilarga quloqchinlar orqali eshittiriladi, xorijiy so’z va ularning kalit so’zlari esa ko’rsatiladi. Tajriba guruhi kalit so’zlarni ishlatgan holda 2 ta darsda, kuzatuv guruhi 3 ta darsda eslab qola olishdi. Bunda nafaqat ular tez eslab qolishdi, balki ularning eslab qolish sifati ham ancha yaxshiroq edi. Tajriba tugaganidan so’ng, berilgan so’zlarni 6 haftadan so’ng qayta tekshirishdi. Tajriba guruhida qayta eslay olish ko’rsatkichi 43% ni, kuzatuv guruhida esa 28% ni tashkil etdi.
Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu metod orqali biz xorijiy so’zlarni osonroq eslab qolishimiz mumkin. Biz hozirgacha o’rgangan ma’lumotlarimiz TOG metodini osonroq tushunishga yordam beradi.
TOG – bu abbreviatura bo’lib, 3 ta so’zning birlashmasi va qadamlar ketma-ketligini o’z ichiga oladi. Hozir ingliz tilidagi Glass – shisha so’zini TOG orqali yodlaymiz va TOG nima ekanligini tushunib olamiz:

Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə