143 moliya tizimi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari (bank sohasida) Madaminov Farrux Farxodovich 5A230202 –“Biznesni boshqarish”



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107612
  1   2
moliya-tizimi-rivojlanishining-zamonaviy-tendensiyalari-bank-sohasida



143
MOLIYA TIZIMI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY 
TENDENSIYALARI
(BANK SOHASIDA) 
Madaminov Farrux Farxodovich 
5A230202 –“Biznesni boshqarish”
(Master of Business Administration-MBA) 
“Moliya va moliya texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti 
Annotatsiya
: maqolada moliya tizimini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalardan 
foydalanishning mohiyati haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar
: innovatsion iqtisodiyot, milliy innovatsion tizim, inson kapitali, ilmiy-
texnik taraqqiyot, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, tatqiqot, mamlakatning innovatsion 
salohiyati. 
Bugungi kunda respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida, 
tijorat banklarining yangi innovatsion elektron xizmatlariga talabi yanada ortgan. Aholi 
o‘rtasida bank binosiga bormasdan, birgina telefon, kompyuter yoki boshqa informatsion 
texnologiyalar orkali ko‘plab amaliyotlarni bajarish imkoniyati ommalashgan. 
SHuningdek, tanlangan tashkilotning mobil ilovasi yoki rasmiy saytiga kirib, kerakli 
malumotni olish, turli to‘lovlarni amalga oshirish, buyurtma berish va shikoyat yoki 
etirozlar yo‘llash mumkin.
Hozirda elektron bazaga jamlangan axborotlarning rakamlashtirilganligi natijasida 
avvallari ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri keladigan bank amaliyotlarini bir necha soniyada 
o‘tkazish imkonini beruvchi dasturlar, qurilmalar yaratilgan.
Hayotimizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mana shunday shiddat
bilan kirib kelishi jahon xo‘jalik aloqalarining globallashuvini, tovar va xizmatlar, shu 
jumladan, moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilar bozorida raqobatni keskin 
kuchaytirib yubordi.
Bank 
tizimida 
zamon 
talablariga 
mos 
holda 
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy qilish va shu orqali ko‘plab bank xizmatlarini avtomatlashtirish 
ishlari jadallashgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan bank


144
tizimini isloh qilish strategiyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy 
bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat 
banklarini korporativ transformatsiya qilish jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida asosiy vazifalar belgilab olingan:

masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini 
kengaytirish;

avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit
konveyerlaridan keng foydalanish;

bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;

bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni keng joriy etish
(fintex, raqamli bank).
Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida aholining moliyaviy va huquqiy savodxonligini 
oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi integratsiyasini jadallashtirishdan iborat.
O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarining sifati va
ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda bo‘layotgan
o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat 
banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan 
bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Respublikamizda so‘nggi 4 yilda bank tizimini transformatsiya qilish hamda 
rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirga ega maqbul qaror va farmonlar qabul 
qilindi:
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun (yangi
tahrirda);
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda);
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun;
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- 


145
tadbirlar to‘g‘risida”gi (PF-5177-son, 02.09.2017);
“Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-3270-son, 12.09.2017);
“2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” (PF-5992, 12.05.2020)
farmonlar.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə