143 moliya tizimi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari (bank sohasida) Madaminov Farrux Farxodovich 5A230202 –“Biznesni boshqarish”



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107612
1   2
moliya-tizimi-rivojlanishining-zamonaviy-tendensiyalari-bank-sohasida

Natijada:
Valyuta bozori liberallashtirilishi hisobiga naqd pul bilan bog‘liq 
muammolar yechildi;
-
bu esa bankomatlar infratuzilmasi hamda zamonaviy to‘lov tizimlarini joriy 
etishga sharoit yaratdi;
-
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bank xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatlari kengaydi;
-
mijozlar bilan ishlash tizimi o‘zgarmoqda, zamonaviy bank xizmatlari turlari 
ko‘paytirildi va raqamlashtirilmoqda;
-
banklarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayliklar yaratish aqsadida bank 
xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda.
Muammolar:
Ayrim respublika tashkilotlari va mahalliy hokimiyat organlari 
banklarning tadbirkorlik sub’ekti ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurni o‘zgartirish yoki fikrni 
singdirish qiyin bo‘lmoqda. Banklar tijorat tashkiloti ekanligi, avvalo, tijoriy maqsadni 
ko‘zlashi hamda bozor mexanizmlari asosida ish tashkil etilishi lozimligi haligacha 
tushunib yetilmayapti. 
Banklarning asosiy faoliyatidan tashqarida bo‘lgan vazifalarni bajarishi kabi holatlar 
davom etmoqda. 
Banklar faoliyatiga aralashuv hali-hanuz davom etmoqda.
Hududlarda banklar va bank tizimidan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi siyosatni yuritishda 
kutilmalar yuqoriligicha qolmoqda.
Banklarning rivojlanishi uchun mos tijoriy loyihalar moliyalashtirilmadi.


146
Banklar har doim loyihalarni majburiy topshiriqlar bo‘lgandan keyin amalda shug‘ullanib 
kelmoqda.
Hozirgi kunda ma’lumotlar sub’ektlar o‘rtasida elektron tarzda almashinib, 
iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida ish jarayonlarining avtomatlashtirilishi bilan hamma 
ma’lumotlarning elektron bazalarini yaratishga kirishildi. Buxgalteriya hamda boshqaruv 
tizimlarining elektron integratsiyasi shakllanib, CRM (Customer Rehtionship 
Management) mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi yaratilmoqda.
Bank tizimida raqamli o‘zgartirishlar vositasida bank biznes-modellari
optimallashtirilib, bank segmentini rivojlantirish masofaviy bank xizmatlaridan tortib 
moliyaviy operatsiyalar sohasidagi o‘zgarishlar jadallashuviga olib kelmoqda.
Bank xizmatlari bozorida talabning ortishi natijasida raqobat ortib borib, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanishga zarurati yanada 
oshdi.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-
2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish 
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank 
tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish 
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 
tasdiqlandi.
Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan 
hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy 
xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya 
qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab 
chiqildi.
Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb 
masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan:


147
-
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson 
resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va 
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
-
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega 
korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi 
an’anaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi;
-
kreditlashning yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganligi va buning natijasida 
banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital etarlilik 
ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etayotganligi;
-
imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida 
moliya bozorida narx signallarining noto‘g‘ri shakllanishi, shuningdek pul-kredit 
siyosatining 
transmission 
mexanizmlarining 
ishlashiga 
salbiy 
ta’sir 
ko‘rsatayotganligi;
-
yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek kredit va depozitlarning yirik 
korxonalar va iqtisodiyotning alohida sohalarida jamlanganligi (konsentratsiyasi) 
natijasida 
bank 
tizimining 
valyuta, 
kredit 
va 
likvidlilik 
xatarlariga 
bardoshliligining zaifligi;
-
davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga 
xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli 
sustligi, 
shuningdek 
innovatsiyalar 
va 
axborot 
tizimlarining 
yaxshi 
rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub 
islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Adabiyotlar: 
1. И. Аликулов, З. Давронов. Инновацион фаолиятни давлат 
томонидан тартибга солишнинг хорижий давлатлар тажрибаси. “Иқтисодиёт 
ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 
2015 йил. 
2.Кабулов, Х. А. (2020). Вопросы финансовой безопасности в условиях 
модернизации Республики Узбекистан. Интернаука, (3-2), 12-1 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə