1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə1/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'oyasizlik




G’oyasizlik va ma’naviy tarbiyaga etiborsizlikning salbiy oqibatlari


Reja:


1. G‘oyaviy bо‘shliq
2. Dunyoning mafkuraviy manzarasi
3. Mafkura evolyusiyasi
4. Milliy mafkura


G‘oya – Inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bо‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir о‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan, kuchli teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. G‘oyalar garchi tafakkurda paydo bо‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g‘ayrishuuriy qatlamlarga singib boradi. Faqat yuksak joziba kuchiga ega bо‘lgan, haqiqatga yaqin g‘oyalargina jamiyatda keng tarqaladi.
G‘oyaviy bо‘shliq - muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa aa qatlamlarning ongida sodir bо‘ladigan g‘oyasizlik, mafkuraviy vakuum qolati. Muayyan ahidalar, fikr va g‘oyalar zamon tanqidiga uchraganda yoki yangi paydo bо‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlar tomonidan inkor etilganda, davr talabiga javob beradigan g‘oya va mafkura tо‘la shakllanib ulgurmagan hollarda jamiyatda G‘.b. vujudga keladi. G‘.b.ning yuzaga kelishi chuqur ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy-psixologik muammo va jarayonlar bilan bog‘liq. Odatda yangi g‘oyalar turlicha ta’sir kuchiga ega bо‘ladi.
G‘oyaviy ziddiyat - turli manfaat, maqsad va intilishlarni ifodalovchi g‘oyalar va ularga tayanadigan kuch-harakatlar о‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatni ifodalovchi tushuncha. Bunday ziddiyatning zamirida talab-ehtiyojlar, maqsad-muddaolar, ularni qondirish usullari, yо‘llari va vositalarining har xilligi yotadi. Ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari b-n bosqinchilik, tajovuzkorlik va mustabidlik g‘oyalari о‘rtasidagi kurash buning yorqin misolidir. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning qarama-qarshisi bо‘lgan zulm va zо‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bо‘lishga urinadi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə