1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə5/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'oyasizlik

Jamoat nazorati – a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi; b) hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi; v) qonun va boshqa qonun hujjatlarining tayyorlanish jarayoni; g) davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyati; d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchlik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati.
Jamoatchilik fikri – ijtimoiy ongning о‘ziga xos kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, kishilarning turmush hodisalari, siyosiy va ijodiy tashkilotlar va alohida bir shaxslarning faoliyati haqida ijobiy yoki salbiy qarashlari majmui.
Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar esa millatlar va davlatlarning ijtimoiy va siyosiy sohada qо‘lga kiritgan, shu paytgacha hayot amaliyotida о‘zini oqlagan ijtimoiy va siyosiy qarashlar majmuidir.
Ilmiy g‘oyalar – fan va amaliyotning о‘zaro bog‘liqligi tufayli olib borilgan kuzatishlar, eksperimentlar, tahlillar, inson bilimi, tafakkuri salohiyatida yaratilgan, kashf etilgan g‘oyalardir.
Instrumental texnologiyalar – yuzaki qaraganda faoliyatni mukammallashtirishga xizmat qilayotgandek kо‘rinadigan, aslida esa mutlaqo boshqa maqsadlarni yashirish uchun foydalaniladigan texnologiyalar.
Istiqlol mafkurasi — millat va davlatning mustaqil rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. U istiyedot mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozadlikka intilish zarurati tufayli paydo bо‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi О‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu ideallarini, oliyjanob maqsad – muddaolarini о‘zida mujassam etadi. Xalqimiz asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelgan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash О‘zbekistonning har bir fuqarosining muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, muqaddas ona-Vatanning hayotiy manfaatlarini yurakdan his etgan holda ularni rо‘yobga chiqarish uchun faol harakat qilishi, kurashishi zarur. Bu jarayon xalqimizning manfaatlarini, ularni о‘zida mujassam etadigan milliy g‘oyani anglash b-n bog‘liq holda kechadi. Vatan manfaati har bir fuqaro manfaatlari b-n uzviy bog‘langan. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligiga bog‘liq.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə