1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə6/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'oyasizlik

Kо‘lankali texnologiyalar – siyosiy jarayonni belgilab bersa-da, kam darajada texnologiyalashtirilgan va shu boisdan, kо‘proq faoliyatning tasodifiy, noyob, kamdan-kam uchraydigan usul va vositalarini qamrab oladigan texnologiyalar.
Qadriyatlar – narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ahamiyatini ifodalash uchun qо‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarni G‘arbda “Aksiologiya” fani о‘rganadi. Aksiologiyani qadriyatlar tо‘g‘risidagi qadriyatlar tо‘g‘risidagi qan yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri “qadriyatshunoslik” deb atash ham mumkin. Qadriyatlar axloqiy qoida va meyorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham о‘zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, о‘zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgо‘ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bо‘ladi. Qadriyat о‘z tabiatiga kо‘ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u о‘zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat tо‘g‘risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy; jamiyat hayotining sohalari bо‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar.
Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar – alohida davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning muayyan hududdagi (Yevropa, Yaqin Sharq kabi) muammolarni hal qilish yо‘lidagi say-harakatlarini qamrab oladigan texnologiyalar.
Lokal texnologiyalar – siyosiy jarayonning qaysidir qisminigina samarali tashkil etishga yо‘naltirilgan texnologiyalar.
Mafkura – arabchada fikrlar majmui, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning о‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli о‘z ifodasini topadi. Mafkuralar muayyan diniy-falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar о‘z mohiyatiga va ta’sir kuchiga kо‘ra jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga bо‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obrо‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka kо‘tarishi yoki tanazzulga duchor qilishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yо‘l qо‘yilmagan. Unga tо‘g‘ri va xolisona baho berish imkoniyati mustaqillik tufayli amalga oshdi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə