1. G‘oyaviy bо‘shliq Dunyoning mafkuraviy manzarasi Mafkura evolyusiyasi


Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə8/14
tarix27.12.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#163063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
G\'oyasizlik

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi — g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi va intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.
Mafkuraviy plyuralizm (lot. pluraliq – xilma-xillik, rang-baranglik) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha kо‘p bо‘lsa, ya’ni M.p. hukmron bо‘lsa, taraqqiyotning samarali yо‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bо‘ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini tо‘ldirishiga xizmat qiladi. M.p. ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bо‘lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda rо‘yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda kо‘ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa о‘zlari mansub bо‘lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda о‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.
Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning sinov maydoni. Odatda “poligon” deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qо‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan о‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mо‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix о‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini kо‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bо‘lgan uzoq takomil yо‘lini bosib о‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bо‘lgan hududlar aholisini jismonan yо‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, о‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jisman mahv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yо‘nalishga о‘zgartirilgan yerlik aholi kо‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab kо‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə