Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


 Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. 
Bola hayoti 
kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shun-
ga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning 
o‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu 
esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) 
vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilish-
ning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab 
beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy 
faoliyat turi hisoblanadi.
Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kam-
ligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli dara-
jada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
17
Жинкин Н.И. Механизмы речи. – М. АПН, 1958. – С. 38.


74
Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal 
rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutish-
lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga 
mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi 
sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining 
qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini 
boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligi-
dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat-
lari va imo-ishoralargina mavjud.
Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va 
kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq 
avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi
-
dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli-
dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan 
uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, 
umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de-
vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining 
umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, 
qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni 
bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).
Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy 
vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak-
xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar 
yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar. 
Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kat-
talarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy 
munosabat – shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. 
O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa – bolaning ilk yoshda kattalar 
bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. 
Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq 
etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga 
moslashish istagini shakllantiradi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə