Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Nutq va tilning ahamiyati



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Nutq va tilning ahamiyati. 
Bola hayotining barcha ko‘rinishlarida 
til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobili-
yat kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalil-
lar keltirish mumkin. Rasmiy ta’lim va maktab hayotining dastlabki 
yillarida ta’sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati 
o‘rganish va rivojlanishga zamin bo‘lgan. Til va boshqa muhim qo-
biliyatlarning o‘sishi o‘qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisob-
kitobni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, hozir aloqa va til rivojining 
qiyinchiligi butun umr ta’sirining dalilidir.Til mahorati muvaffaqi-


22
yatli ta’limning eng yaxshi bashoratchisi: boshlang‘ich maktabning 
dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldin-
dan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv 
muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bo-
lalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ularning 
savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5 
yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta 
bo‘ladi
15
(Edited by Mary Rafferty «A brief review of approaches to 
oral language development» USA 2014 y.)
3. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbi-
yalash. 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovon-
ligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot-
larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy 
intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy 
madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari 
asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlan
-
gan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqa-
rishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga mos-
lashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va 
keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, 
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, 
jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqa-
rolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, 
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning 
maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va 
xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
15
Edited by Mary Rafferty “A brief review of approaches to oral language 
development” USA 2014 y.


23
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish lozim bo‘ladi:
• 
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda 
tayyorlash;
• 
maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik us-
lublarini izlash va joriy etish;
• 
bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, 
pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
• 
zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, 
o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
• 
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tari-
xiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
• 
maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun 
turli usullardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning 
barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish 
imkoniyatini yaratish;
• 
maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari 
tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab 
chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim 
to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u be-
rilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich 
turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari 
asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim, bola 6–7 yoshga yetguncha oilada hamda 
davlat va nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb bel-
gilanadi:
• 
bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va 
umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihat-
dan tarbiyalash;
• 
bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;


24
• 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, 
o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi 
ta’lim jarayoniga tayyorlash;
• 
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mus
-
taqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• 
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni 
o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yosh-
dagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 
1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.
• 
2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.
• 
3 yoshdan 6–7 yoshgacha – 20 ta.
• 
Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.
Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijti
-
moiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil 
etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish 
qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra 
quyidagi turlarga bo‘linadi:
• 
bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, 
xonadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham 
filial sifatida);
• 
bog‘cha maktab muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor 
yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va 
boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi 
kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi 
maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tad
-
birlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan 
sog‘lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi.


25
Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tan-
lanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tar-
tibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan 
chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel-
gilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan 
bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruh-
lar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ni-
zomda ko‘rsatib o‘tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham 
maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tay-
yorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan 
pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malaka-
sini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish 
ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o‘quv 
pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat ta-
lablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel-
gilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar 
tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, di-
daktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, de-
mokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof 
etish pedagogikasi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktab-
gacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan 
tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi si
-
fatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim 
funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo-
matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga mu-
vafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Res-
publikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi–


26
boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab-
gacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 
1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning 
nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan 
«maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan 
kelib chiqqan holda 2011-yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim 
rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini 
o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya-
si» uch bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012–2014-yillar.
II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015–2017-yillar.
III bosqich – yakuniy – 2018–2020-yillar.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi 
alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadr-
lar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha 
ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish 
(preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktab-
gacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasala-
rining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asos-
dan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishla-
rini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy-
pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik 
kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish 
bayon etilgan.
Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita 
– didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va ye-
tarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular-


27
ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog 
va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan.
Konsepsiyaning uchinchi – «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» 
bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqa-
lashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalari-
da guruhlarni shakllantirish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, 
mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni 
yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiya-
chilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimla-
rini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida 
e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor 
qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtiril-
gan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etil-
gan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan 
guruhda – 10–12 ta bola, ilk yosh guruhida – 6–8 bola, uch yoshdan 
besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 8–10 ta bola, besh yosh
-
dan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 10–12 ta bola qamrab 
olinishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha 
ta’lim muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, 
moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki 
aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axlo-
qiy qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlani-
shiga tamal toshi qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xiz-
matning birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va 
shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sot-
sium (ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi 
va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir 
muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-meto-
dik ta’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan das-
turiy-metodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar, 


28
bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini 
amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar 
va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxas-
sislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egal-
lashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyaning birinchi 
bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish 
maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birin
-
chi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni 
yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyala-
nayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbi-
yalash bizning oliy maqsadimizdir.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə