Nutqning kommunikativ sifatlari



Yüklə 276,49 Kb.
səhifə3/4
tarix08.06.2022
ölçüsü276,49 Kb.
#89093
1   2   3   4
Tarbiyachining nutq madanyati

Nutqning ta’sirchanligi

  • Tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini qozonadigan xususiyatlar e’tiborga olinadi. Eng avvalo, notiqning mavzu doirasida yetarli bilimga ega bo‘lmasligi nutqning ta’sirchan bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Tinglovchining bilim darajasi, yoshi, hattoki kayfiyatini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Vaqtning hisobga olinishi ham kerak. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. O‘ta rasmiyatchilikdan qochish, hayotiy misollarga ham murojaat qilish nutqning ta’sirchan bo‘lishida alohida ahamiyatga ega.

Nutqning boyligi va rang-barangligi

  • Nutqning boyligi va rang-barangligini ta’minlashda lug‘aviy birliklar (so‘zlar), frazeologik birliklar (iboralar) va sintaktik vositalar (sintaktik sinonimlar, sintaktik variantlar, inversiya)dan unumli foydalanishga alohida e’tibor talab qilinadi. Shuningdek, so‘z yasash imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga, intonatsiyaga ham e’tibor berish muhim. Bunda nutq uslublarining o‘ziga xos jihatlari nazarda tutiladi.

Nutqning qisqaligi

  • Aytilayotgan fikrning qisqa shaklda bayon etilishi ham muhim. Haddan ziyod uzun shaklda tuzilgan gaplar ba’zan mantiqan chalkashliklarga olib keladi. Shuningdek, o‘quvchi yoki tinglovchini toliqtirish bois zerikarli bo‘ladi. Nutq qisqa bo‘lsa, tegishli fikr aniq sodda shaklda ifodalansa, ko‘pincha maqsadga muvofiq bo‘ladi. aforizmlardan foydalanish ham nutqiy qisqalik namunasi hisoblanadi.

Nutqning ifodaliligi

  • Nutqning bu xususiyati uning ta’sirchanligi va samaradorligini oshiruvchi vositadir. Bunda nutqqa ifodalilik va obrazlilik baxsh etuvchi turli tasviriy vositalar (o‘xshatish, epitet, metonimiya, metafora, sinekdoxa, allegoriya va b.) bilan birgalikda kontekstual nutqiy vositalar (nutqning tovush tomonidan muvofiqligi, ifodali intonatsiya, nutqni dialoglashtirish va intimlashtirish; intonasion va psixologik pauza) kabilarga e’tibor qaratiladi.

Nutqning maqsadga muvofiqligi

  • Nutqning bu xususiyati fikrning ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq. Bunda mavzu va nutqiy muvofiqlikni ta’minlash uchun axborotning mohiyatidan tashqari quyidagilar muvofiqligi muhim sanaladi: nutqiy uslub va nutqiy maqsad muvofiqligi, predmet va mazmun, adresat va auditoriya, til vositalari va adabiy norma, til vositalari va stilistik talab o‘rtasidagi muvofiqlik.

Yüklə 276,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə