O’. A. Farmanov


Murakkab sharoitda usulni o’rganish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
3.9.2. Murakkab sharoitda usulni o’rganish 
 
Usulni 
o’rganishdagi 
bir 
bosqich, 
avvalgisiga 
nisbatan 
davomliroqdir. Bu bosqichning vazifasi shug’ullanuvchilar usulni 
bemalol bajara olishliklaridadir. Usulni asta-sekin rejalashtirib, 
murakkablashtira borish va o’yinda qo’llay olishga o’rgatish. Sharoit 
ham asta-sekin o’zgara boradi. 
Bu bosqichda harakatning qismlari o’rganilib, to’p bilan 
bajariladigan harakatlar o’rganilib qolmasdan, balki sherik bilan o’zaro 
harakat ham o’rganiladi. Usulni qo’llash taktikasiga va uni ustalik bilan 
ishlata olish malakasiga ko’proq e’tibor beriladi. 
O’rgatish vazifasi asta-sekin murakkablashtira boriladi. Bu har xil 
yo’llar bilan amalga oshiriladi: a) to’pni (traektoriyasini), yo’nalishini 
bajarish tezligini o’zgartirish va boshqalarni murakkablashtirish 
hisobiga; b) usulni harakatda, sakrab, boshka usullar bilan qo’shib 
bajarish; v) o’yinchi harakat radiusini kattalashtirish hisobiga. 
Sportchi o’z kuchiga ishonishi va ongli ravishda ish tutishi juda 
zarurdir. Bu musobaqalarda yuqori natijalarga erishish manbaalaridan 


44 
biridir. O’z kuchiga ishonish uchun avvalombor unga sira 
gumonsiramaslik kerak. 
 
3.9.3. Usulni o’yinda mustahkamlash 
 
Ushbu bosqich usullarni o’rganish jarayonida juda ham muhim 
hisoblanadi. 
Murakkab sharoitda o’zlashtirilgan usulni o’yinda mustahkamlash 
zarur. O’yinlar har turda bo’lishi mumkin. Usulni mustahkamlash uchun 
o’yin mashqlari, harakatli va o’quv o’yinlaridan foydalaniladi. Har bir 
o’yindan oldin aniq va ravshan vazifalar qo’yilishi lozim, “umumiy 
o’ynash”, “o’ynalsa bas”ga yo’l qo’ymaslik kerak. O’yinda aniq har xil 
usullar qo’llanishi mumkin degan vazifa qo’yilgan bo’lishi mumkin. 
Shu maqsadda shug’ullanuvchilarni e’tiborini o’rganilayotgan usulni 
o’yinda qo’llashligiga qaratish maqsadida ba’zi bir chegaralovchi 
maxsus o’zgartirishlar kiritish mumkin. 
O’quv o’yinlarining xarakterini ustalik bilan o’zgartira oladigan 
bo’lish kerak. Ularni asta-sekinlik bilan qiyinlashtirib borish zarur. 
O’tilgan materialni o’zlashtirilganlik sifati qiyinroq o’yinlarda, 
o’rtoqlik va rasmiy o’yinlarda tekshirilishi mumkin. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə