O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124

III bob.
  M O L I Y A   VA  M O L IY A   T I Z I M I
3.1.  M oliyaning  ijtimoiy  iqtisodiy  mohiyati
Aksariyat  hollarda  aholi  o ‘rtasida  va  ayrim  mutaxassislar  ham  
«moliya» tushunchasini  «pul» tushunchasi bilan aralashtirib yuboradilar. 
H aqiqatda  esa  bunday  emas,  a m m o   pulsiz  moliyaning  ham   boMishi 
m um kin emas.  Ushbu savolni  hal  etish  uch un   moliya  kategoriyasining 
tarixiy  rivojlanish  bosqichlarini  yoritish  kerak  bo'ladi.
M oliya  tarixiy  kategoriya  sifatida  dav latnin g  funksiyalari  va 
ehtiyojlari  ortib  borishi  t a ’sirida  tovar-pul  munosabatlari  sharoitida 
yuzaga  chiqdi.  «Moliya»  tu sh u n c h a si  lo tincha  «
fmancia»  so 'zid an  
olingan  b o ‘lib.  bitimlardan  undiriladigan  t o ‘lov,  darom ad  m a ’nosini 
anglatadi.  11k  bor  moliya  tu sh un ch asi  X III—XV  asrlarda  Italiyaning 
yirik  savdo  va  bank  xizmatlari  markazi  hisoblangan  —  Florcnsiya, 
Venesiya  va  Genuyada  m uo m alag a  kirgan.  Keyin  ushbu  tu sh u n ch a 
x alq aro  k o ‘lam da  keng  is h la tila   b o sh la n ib ,  u  davlat  z im m a sig a  
yuklatilgan  siyosiy va  iqtisodiy funksiyalarni  bajarishi  uchun  m am lakat 
aholisi  o ‘rtasida  pul  resurslarini  jalb  qilish  bilan  bog‘liq  pul  m u n o sa ­
batlari  tizimini  o ‘zida  m ujassam lashtira  boshladi.  U shbu  omil  esa 
moliya  kategoriyasining  o ‘zida  quyidagi  maxsus  xususiyatlarning  aks 
ettirishini  t a ’minlaydi:
—  moliya  ikki  subyekt  o'rtasidagi  pul  m unosabatlari  hisoblanadi, 
ya’ni  pul  ushbu  munosabatlarning  m oddiy  asosi  b o ‘lib  xizmat  qiladi;
—  moliyaviy  m uno sab atlar  jaray on id agi  ishtirokchi  subyektlar 
turlicha  huquq va majburiyatlarga ega b o ‘ladi,  ulardan biri  hisoblangan 
davlat  o ‘ziga  xos  bo'lgan  h u k u m ro n lik   vakolatiga  egadir;
—  moliyaviy munosabatlar jara y o n id a  um um davlat pul  mablagMari 
fondi  hisoblangan  budjet  shakllanadi;
—  davlat  budjetining  d a r o m a d   qism iga  yetarli  m a b la g ‘larning 
m u n tazam   va  to ‘liq  kelib  tu sh ish in i  t a ’m inlash  m aq sadid a  soliqlar, 
yig‘im lar,  bojlar  va  boshqa  t o ‘lovlarga  davlat  m ajburiy   xarakteri 
berildi  h a m d a   buni  am alga  o s h ir is h   u c h u n   d a v la tn in g   h u q u q iy  
faoliyatini  amalga oshiradigan  m axsu s vakolatlarga ega  fiskal  apparat 
tashkil  etildi.  U shbu  holatni  hozirgi  vaqtdagi  O ‘zbekistonga  taq-


qoslasak,  u n d a   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘mitasini 
k o ‘rsatish m um kin.
M oliya  u m u m iq tiso d iy   kategoriya  sifatida  davlatning  faoliyat 
k o 'rsatish i  u c h u n   m o d diy  asosni  tashkil  etadi.  M oliya  davlatga 
yuklatilgan  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalarni  amalga  oshirish, 
jam iyatda  kengaytirilgan  ishlab  chiqarishni  ta ’minlash  u c h u n   kerakli 
pul  m ablag‘larini yetkazib  beradi.  U shbu faoliyatni  amalga  oshirishda 
soliqlar,  to'lo v lar,  bojlar,  davlat  kreditini  jam lagan  m oliya  davlat 
uch u n   obyektiv  va  zarur  xususiyatga  ega  b o ‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi moliyaning tarixiy 
kategoriya  sifatida  vujudga  kelishiga  bevosita  ta ’sir  etgan  omillardan 
hisoblanadi.
Bu  om illarni  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  asosida  guruhga  ajratilsa, 
ular  quyidagilardan  iborat  b o ‘ladi:
— jam iyatda  m ehnat  taqsimotining  amalga  oshirilishi va jamiyatni 
turli  ijtimoiy  guruhlarga  b o ‘linib  ketishi;
—  tovar-pul  m unosabatlarining  rivojlanishi  va  shu  asosda  ishlab 
chiqarishning o ‘sishi ham da yalpi  ichki  mahsulot hajmining k o ‘payishi;
—  ja m iy a td a   kerakli  pul  mablagMarini  yaratuvchi  turli  mulk 
shaklidagi  mustaqil  faoliyat k o ‘rsatuvchi  xo'jalik subyektlarining yuzaga 
kelishi;
—  markazlashgan  davlatning  tashkil  topishi.
M oliya  m u n o sa b a tla rid a   p u ln in g   mustaqil  harakati  natijasida 
markazlashgan  va  markazlashmagan  pul  fondlari  tashkil  topadi.  Bu 
holat  esa  moliyaning  m oddiy  m ohiyatini  anglatadi.  Lekin  moliya  pul 
m unosabatlarini  o ‘zida  aks  ettirsada, jamiyatdagi  barcha  pul  m unosa- 
batlari  moliyaga  tegishli  b o ‘lmaydi.  Biz  quyida  moliya  va  pul  m u n o ­
sabatlarini  taqqoslab,  ular  o ‘rtasidagi  farqlarni  ko'rsatishga  harakat 
qilamiz:
1.  Pul  jam iyatda  u m u m iy   ekvivalent  rolini  o'ynaydigan  maxsus 
tovar  hisoblanib,  uning  yord am id a  barcha  xarajatlar  hisobga  olinadi. 
Moliya yalpi ichki  mahsulot va milliy daromadni taqsimlaydigan,  qayta 
taq sim la y d ig a n   iqtisodiy  d a s ta k   b o ‘lib,  u  orqali  pul  m a b la g ‘lari 
fondlarining  tashkil  etilishi  h a m d a   sarflanishi  nazorat  qilinadi;
2.  Pul  o ‘ziga  xos  beshta  funksiyani:  qiymat  o ‘lchovi,  muomala 
vositasi, ja m g ‘arm a vositasi,  to 'lo v  vositasi va jahon puli  funksiyalarini 
bajaradi.  Moliya  bu  funksiyalardan  sifatan  va  m iqdoran  farq  qiluvchi 
o ‘ziga  xos  funksiyalarni  bajaradi.  Biz  keyin  bu  funksiyalarni  t o ‘liq 
yoritam iz;


3.  Pul  moliyadan oldin  paydo b o ‘lgan,  moliya esa tarixiy kategoriya 
sifatidan  puldan  keyin  paydo  bo'lgan;
4.  Pul  moliyaga  nisbatan  keng  iqtisodiy  m unosabatlarni  o ‘zida 
aks ettiradi.  Moliya markazlashgan va  markazlashmagan  pul  fondlarini 
shakllantirish  bilan  bog‘liq  nisbatan  to r  doiradagi  iqtisodiy  m u n o ­
sabatlarni  o ‘zida  aks  ettiradi.
Moliyaning  puldan  farqini  soddaroq  qilib  ochib  berishga  harakat 
qilamiz.  Xodim  o ‘zi  ishlayotgan  tashkilotdan  m ehnat  haqi  oldi.  Bu 
yerda  moliya  m unosabati  yuzaga  chiqadi.  C hunki  tashkilot  m ehn at 
haqini  berish  ja r a y o n id a   davlat  soliqlarini  va  b u d jetd a n   tashq ari 
ja m g 'a rm a   u c h u n   t o ‘lovlarni  hisoblab,  uni  undirib  oladi.  D e m a k , 
xodim  va  davlat  o ‘rtasidag¡  moliya  munosabati  amalga  oshdi.  Keyingi 
misol,  talabaga  dadasi  pul  berdi.  Bu  yerda  pul  munosabati  amalga 
oshdi,  lekin  moliya  m unosabati  amalga  oshm adi.  C hunki,  bu  pul 
munosabatini  davlat  tartibga  solmaydi  va  nazorat  etmaydi.  B unday 
pul  m unosabatlarini  xaridorlar  va  sotuvchilarning  bozorda  yuzaga 
chiqadigan  munosabatlari  misolida  ko'rsatish  mumkin.
Shunday qilib,  moliya -doim o pul  munosabatlaridir,  lekin jam iyat- 
dagi barcha pul  munosabatlari  moliya munosabatlarini tashkil  etmaydi. 
Pul  munosabatlariga  nisbatan  moliya  munosabatlarini  ajratib turadigan 
ko'rinishlar  mavjud.  M oliya  munosabatlari  huquqiy  asosga  ega  va 
tartibga  solib  turiladigan  pul  munosabatlaridir.  Pul  m unosabatlari  esa 
bunday huquqiy asosga ega emas.  Bunday jarayon  ishtirokchilari  m iqdor 
va  shartlarni  o ‘zaro  kelishilgan  holda  belgilaydi.
Ishlab  chiqarish  subyekti  o'zining  ishlab  chiqarishini  kengaytirish 
va  rivojlantirish  m aq sa d id a   m u o m a la g a   obligatsiya  ch iq a rd i.  Bu 
jarayonda  subyekt  amaldagi  qimmatli  qog‘ozlar  to ‘g ‘risidagi  q o nu ng a 
asosan  faoliyat  olib  boradi.  M uom alaga esa  o ‘zining shakllangan  ustav 
kapitalining  100  foizi  m iqdorida  obligatsiya  chiqarish  huquqiga  ega. 
M uo m alaga  chiqarilgan  obligatsiyalar  u c h u n   yuridik  va  jis m o n iy  
shaxslardan  pul  m ablag'lari  jalb  qiladi.  Bu  yerda  pul  m unosabatlari 
yuzaga  kelgan,  lekin  moliya  munosabati  yuzaga  chiqm adi.  Tkkinchi 
misol,  xuddi  shu  subyektning  ishlab  chiqarish  m ahsulotining  eksport 
hajmini orttirish  maqsadida davlat budjeti xarajatlari qismidan sutsidiya 
ajratiladi.
Bu  yerda  moliya  m unosabatlari  yuzaga  chiqdi.  C h u n k i,  x o ‘jalik 
subyektiga davlat to m o n id an  davlat budjetida tasdiqlangan va maqsadli 
subsidiya  berildi.  Bu  pul  m unosabatlari  moliya  qonunchiligi  asosida 
tartibga  solinib  turiladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə