O. S. Rayimjonova M. G. Tillaboyev sh. U. Ergashev


Electronics Workbench dasturining interfeysi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/53
tarix13.12.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#149125
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
РАҚАМЛИ техника merged

 
Electronics Workbench dasturining interfeysi
Electronics Workbench (EWB) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi
o’lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-radioelektron 
laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi 
analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish 
mumkin. 
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat 
(1.1-rasm). 
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (File), 
tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil 
qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam fayllari 
bilan ishlash menyusi (Help). 
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo’lgan 
knopkalar mavjud (1.2-rasm). Knopkalar bosilganda ularga mos bo’limlar ochiladi. 


129 
3.5.1-rasm. Electronics Workbench kompleksining interfeysi va asboblar paneli
3.5.2 - rasm. EWB dasturining bosh oynasi
Dasturning bosh oynasi 3.5.2
 
-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur 
standart interfeysga ega. 
Buyruqlar menyusi oynasi 
dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
 
Sxema oynasi 
dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr 
zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. 
Belgilar (ikonalar) oynasi 
sxema oynasining yuqori qismida joylashgan.
 
Yuqori qatordagi belgilar menyu buyruqlarini qaytaradi. Keyingi, ya’ni sxema 


130 
oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va 
o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diodes) va o’lchash 
asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 1.1-rasmda ko’rsatilgan. 
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) 
hamda
 pauza 
(Resume) 
knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan.
 
Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan 
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin. 
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga muvofiq 
emas. CHunki ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash natijasida 
hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi 
uch etapni o’z ichiga oladi: 

sxemani tuzish; 

sxemaga o’lchov asboblarini ulash; 

sxemani aktivlashtirish, ya’ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni 
hisoblash. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə