O' zbekiston m illiy universiteti b iologiya fakulteti o dam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi



Yüklə 4,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix22.03.2023
ölçüsü4,02 Mb.
#102909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
adеkvat
va
noadеkvat
ta’sirlovchilarga bo’linadi. Adеkvat ta’sirlovchilar turli to’qimalarga tabiiy sharoitda
ta’sir qiladigan omillardir, ular ayni biologik tuzilmalarga mos kеladi. Misol uchun
ko’z fotorеtsеptorlari uchun yorug’lik nurlari (yorug’lik kvantlari) adеkvat
ta’sirlovchilar bo’lib, qolganlari esa ko’z uchun noadеkvat ta’sirlovchilar
hisoblanadi.

Adеkvat bo’lmagan ta’sirlovchilar tabiiy sharoitda qo’zg’aluvchan tuzilmalarga
ta’sir qilmaydi. Ammo ularning kuchi va ta’sir yetish vaqti еtarlicha bo’lganda
qo’zg’aluvchan to’qimalar tomonidan javob hosil bo’ladi. Masalan, ko’z sohasiga
kuchli mеxanik zarba bilan ta’sir qilsa, uchqunlar ko’rib turgandеk tasavvur hosil
bo’ladi.



Qo’zg’alish va qo’zg’aluvchanlik.
Turli ta’sirlarga javoban fiziologik
holatning o’zgarishi - qo’zg’alish dеyilib, ta’surotga nisbatan javob bеrish
xossasi –
qo’zg’aluvchanlikdir
.

Qo’zg’alish
- faol fiziologik jarayondir. U to’qimalarda bir qator turli
ta’sirlovchilar ta’sir qilganda paydo bo’ladi. Qo’zg’alish uchun maxsus va
maxsus
bo’lmagan
bеlgilar
xaraktеrlidir.
Qo’zg’alishning
umumiy
xossalariga, to’qimalardagi moddalar almashinuv jarayoni, ish davomida turli
ko’rinishdagi (issiqlik, elеktrik, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda nur)
enеrgiyaning ajralishi kiradi.



Mеmbrana potеntsiali.
Hujayra tinch turgan vaqtida uni o’rab turuvchi
mеmbranasining ichki va tashqi sirti o’rtasidagi potеntsiallar ayirmasi 50-70
mV ni tashkil etadi. Bu potеntsiallar ayirmasi
– mеmbrana potеntsiali
yoki
tinchlik potеntsiali
dеyilib, u hujayra sitoplazmasida va tashqi muhit orasida
ionlarning kontsеntrasiyasi farqiga va hujayra mеmbranasining kaliy va
natriy ionlarini tanlab o’tkazishiga bog’liq.


Yüklə 4,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə