O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Bu davrda psixologiyada uch asosiy oqim



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə9/58
tarix22.06.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#89927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Psixologiya-fayllar.org

Bu davrda psixologiyada uch asosiy oqim:
2.3- rasm. 

Bu oqimlar ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlarlar doirasida o


’rganish 
tendensiyasi paydo bo
’ldi.

Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va


ularda turlicha eksprementlar o
’tkazishga
qaratilgan edi. Bunday holatning
paydo bo
’lganligi ijtimoiy psixologiyaning 
fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta
rol o

’ynadi. Geshtalt psixologiya yo’nalishi


negizida maxsus ijtimoiy psixologik 
yo
’nalishlarning – interaksionizm va

kognitivizmning paydo bo


’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor 
isbot qildi.
Bixeviorizm yo`nalishlari doirasida o`tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo 
amerikalik olimlar K. Xoll va V. Skennerlar nomi bilan bog`lik. Ular va ularning izdoshlari
hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi 
o`rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko`rinishlarini tadqiq qilib, ularda
matematik o`yin nazariyasi elementlarini qo`lladilar. 
Diada sharoitida laboratoriyalarda
o`tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustah- 
kamlash g`oyasini isbot qilishga urinildi.
Klassik bixeovirizmdan farqli o`laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o`rniga 
laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning
g`oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to`plangan dalillar modelini 
insonlarda qo`llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik 
tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan

bixeviorizm 

geshtalt psixologiya

Ijtimoiy psixologiyadagi uch asosiy oqim 

psixoanaliz 
Geshtalt psixologiya 
– nemischa
(shakl)

degan ma’noni bildiradi.


Asoschilari Vertiimer, V. Keler 
shakl
fenomen, 

idrok
va

murakkab psixik hodisalarni
yaxlit holda 
o’rganadi
.

Bixoviorizm


– xulq-atvorni 
o’rganuvchi oqim.
Psixoanaliz 

– XX asrda paydo


b
o’lgan. Predmeti instinktiv mayllar 

ongning rolini inkor etadi


.


15


bogliq. Bixevioristlardan farqli o`laroq bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki
ko`pchilik ishtirokida o`tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. 
Sheparde, V. Shuts) o`tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan
o`rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi.
Unda guruh sharoitida bir odamning
boshqalarga ta
’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab
chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o`tkazishga asos solindi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo`nalish bo`lib,
undagi o`rganish ob
’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong
tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo`ldi. Kognitivizm doirasida shunday 
mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyukomning 
kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar
shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o`ziga o`xshashga 
shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruxiy mutanosiblik, tenglik
bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chikishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy 
sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning
olidini olish yo`l-yo`riqlar ishlab chikishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy 
psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya
doirasida bu ishlarni faol davom ettirmokdalar.
Nihoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib
hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta
’sirida T. Sarbinning
rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. 
Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy
sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining 
sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o`zaro ta
’sir tizimida, 
mavjud bo`ladiki, unda u tugri harakat qilish uchun o`zgalarni tushunishga harakat qilishi,
o`zgalar roilini qabul qilishga tayyor bo`lishi lozim. Lekin o`zgalar rolini tugri qabul qilish 
uchun unda "umumlashtirilgan o`zga" obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot
jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish 
jarayonida shakllanadi. Ya
’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o`ta progressiv 
hol edi.



Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə