O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94

76
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
qisqacha ma`lumotlar. Xona inter’yeri hamda jihozlanish dizayniga talablar.
Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy
taraqqiyot yo`nalishlari.
Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha
jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash.
Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
7-sinf
Texnologiya va dizayn yo`nalishi
Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: rangli metallar va ularning qotishmalari
(oltin, kumush, mis, bronza, latun, duraluminiy va boshqalar)ning
mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik.
Tayyorlanadigan buyumlar. Yupqa tunukalar, simlar turlari, ulardan
yasaladigan detallar.
Amaliy mustaqil ishlar: metallarga chilangarlik va tokarlik  ishlov
berish turlari va usullari.
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Sterjen, tunuka va simlarni qirqish,
bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish. Shtangensirkul, nutromer,
shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari. Nonius bilan
hisoblash. O`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish.
Amaliy mustaqil ishlar: Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish
asboblarini ishga tayyorlash va ishlash. Metallga ishlov berish asboblari
turlari haqidagi ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish.
Stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Frezerlash, tokarlik, parmalash,
charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Charxlash
usullari. Tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish
texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash
stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish.


77
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallardan tayyorlanadigan
buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruktsiyalash elementlari
(kesish, qirqish, arralash, teshish, pardozlash, bo`yash). Rangli
metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha
ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun
metall  materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik xaritalar
tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (38 soat)
Umumiy tushunchalar (6 soat)
Shakllantiradigan bilimlar: Yog`ochning kimyoviy va texnologik
xossalari. Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa
ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar.
Yog`ochni quritish va saqlash qoidalari. Yog`ochdan tayyorlangan
buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochlar va ularga ishlov berish
materiallarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash.
Asbob-uskunalar va ulardan  foydalanish  (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berishda qo`l
asboblaridan (xatkash, go`niya, arra, randa, iskana va b.) foydalanish
texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini
ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish.
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan  foydalanish (10 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik, parmalash stanoklarining
vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Tokarlik, stanogida detallarga ishlov
berish texnologiyasi.
Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berishda tokarlik  va
parmalash stanoklarida ishlarni bajarish.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (12 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.
Uy-ro`zg`or, turmushda, maktabda qo`llanilayotgan texnika va


78
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
konstruktsiyalash elementlari. Eskizlar asosida buyumlar tayyorlash.
Shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan
hosil qilingan detallar. Chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari.
Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtirish xalq
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Konussimon va fason burchak sathli detallarni
va ularning eskizlarini tuzish hamda chizmalarini tayyorlash.
Tayyorlanadigan detallarning texnologik xaritalari. Yog`och va metallga
ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha
ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Elektrotexnika ishlari (8 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj
ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar
turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari
hamda ish usullari. Asboblari elektr montaj qilish va ishga tushirishga
tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asbob turlari va ularda
ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar
(svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz,
elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish
qoidalari. Uy va xonalarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari.
Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va
xonalarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va
ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.
Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr
energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi sxematik tasvirini tayyorlash.
Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo‘mraklarni sozlashda
mayda ta`mirlash ishlari.
Servis xizmati yo`nalishi
Pazandachilik asoslari (18 soat)
Umumiy tushunchalar (2 soat)
Shakllantiriladigan bilimlar:  Go`sht va go`shtli mahsulotlarning


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə