Oddiy va murakkab to'pgullar



Yüklə 28,35 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü28,35 Kb.
#155342
1   2   3   4   5   6
Oddiy va murakkab to\'pgullar-fayllar.org

Gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘lsa deb R xarfi qo‘yiladi.
+ Sa4 So4 A44+2 U(2) -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom
+ Sa(5) So5 A U (3-5) g‘o‘za gulining formulasi.
+ Sa5 So5 A U -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon.
To‘p gullar-sotsvetiye. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli bir nechta bo‘lib gul to‘plamlarini tashkil etadi. To‘p gullarning shakllari bir necha xil bo‘ladi:
1. Shingil- kist. Shingilga o‘xshash gul to‘plarida gulning o‘qida pastdan yuqoriga qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan bir oz uzunroq bo‘ladi. Mas, butsimon gullilar oilasi: jag‘-jag‘, supurgi o‘t, gorchitsa.
2. Qalqonsimon to‘p gul - shitok. Qalqonsimon to‘pgullar bir satxga joylashgan bo‘ladi. Chunki ularning gul o‘qidagi pastki gullari uzun bandli, yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda gul o‘qidan o‘sib chiqqan gullar bitta satxni egallaydi: olma, do‘lana, nok.
3. Oddiy boshoq-prostoy kolos. Oddiy boshoq shingilga o‘xshash to‘pgul. Lekin uning gullari gul o‘qida bandsiz joylashgan bo‘ladi, mas. zupturum, qiyoq o‘t.
4. Murakkab boshoq-slojnыy kolos. Bunda gullarning asosiy o‘qi tarmoqlanib ketadi. Asosiy o‘qining tarmog‘ida ayrim boshoqlar joylashgan bo‘ladi. Mas. bug‘doy, arpa, suli.
5. Oddiy soyabon-prostoy zontik. Oddiy soyabonda gul o‘qining yuqori tomonidan barobar bandli gullar o‘sib chiqib, 1 ta satxni egallaydi. Mas. olcha, piyoz, chesnok.
6. Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o‘qidan qo‘shimcha gul o‘qchalar o‘sib chiqadi. Bu gul o‘qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. Mas. sabzi, uk-rop, kashnich.
7. Supurgi boshoq-metyolka. Bu tarmoqlanib ketgan shingildan iborat. Mas: uzum, siren, sholi, tariq, makkajo‘xorining otalik guli.
8. So‘ta-pochatok. Sutada gul o‘q yo‘g‘on bo‘lib, yaxshi taraqqiy etgan, gullar esa gul o‘qiga bandsiz joylashgan. Sutani qoplag‘ich barglari o‘rab olgan.
9. Boshcha-golovka. Boshchada gul o‘qining uchi kengaygan bo‘lib, bandsiz, gullari zich joylashgan bo‘la-di. Mas. yovvoyi beda-klever
10. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to‘plangan bo‘ladi. Ularda gullarning uchi tarelka yoki plastinka o‘xshab o‘sgan bo‘ladi. Gullar shu gulning o‘qiga bandsiz o‘rnashgan. Mas. murakkabgullilar oilasi-qoqi o‘t, romashka.
11. Kuchala-serejka. Kuchalada gul o‘qi ingichka bo‘ladi. Gullar gul o‘qiga bandi bilan joylashgan bo‘lib, pastga qarab osilgan bo‘ladi. Mas. yong‘oq, tol.

A D A B I YO T L A R
1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom Vыsshaya shkola 1982.
2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I, Razdorskiy V.F,Uranova.A "Botanika" II tom, O‘simliklar sistemati-kasi", Toshkent 1963g
3. Jebrak A.R. "Kurs botaniki", M. Med, izd. ,1949.
4. Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.
5. Komilova F, Jongurazov F."Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat"
1986.
6. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika.M.Iz-vo «Vыsshaya shkola" 1990 god.
7. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. «O‘qituvchi» 1995 yil.
http://fayllar.org
Yüklə 28,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə