O‘gay ota va o‘gay onaning o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlariga aliment berish majburiyati



Yüklə 35 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü35 Kb.
#148383
O\'gay ota va o\'gay onaning o\'gay o\'g\'il va o\'gay qiziga aliment berish asoslari


O'gay ota va o'gay onaning o'gay o'g'il va o'gay qiziga aliment berish asoslari
Reja:

  1. O‘gay ota va o‘gay onaning o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlariga aliment berish majburiyati

  2. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onaga aliment berish majburiyati

Oila kodeksini 127-moddasiga binoan, o‘gay ota va o‘gay onaning tarbiyasida yoki tarbiyasida yoki ta'minotida bo‘lgan voyaga yetmagan o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning ota-onasi yo‘q bo‘lsa yoxud o‘z ota-onasidan yetarli mablag‘ ololmayotgan bo‘lsa, ularga ta'minot berish majburiyati o‘gay ota va o‘gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bu aliment majburiyati qon-qarindoshlik munosabatiga asoslangan bo‘lmay, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan o‘gay bolalarni tarbiyalaganlik yoki ta'minlaganlik yuridik faktiga asosan kelib chiqadi. O‘gay bolalarga o‘gay ota yoki o‘gay ona tomonidan tarbiya va ta'minot berilganlik yuridik fakti ularning bir oilada birga yashaganliklari bilan tasdiqlanishi mumkin. Aliment majburiyatini belgilash uchun o‘gay ota va o‘gay ona bilan birga o‘gay bolalarning uzoq vaqt birga yashagan bo‘lishlari shart emas. O‘gay ota va o‘gay ona bilan o‘gay bolalar o‘rtasidagi aliment majburiyati ta'minot berish uchun majbur bo‘lgan boshqa qarindoshlar bo‘lmagan holda vujudga keladi. Xususan, voyaga yetmagan o‘gay bolalarga ta'minot berish majburiyatini o‘gay ota va o‘gay onaga yuklash uchun bolaning o‘z ota-onalari bo‘lmasligi yoki u ota-onalaridan ta'minot uchun yetarli ta'minot olomasligi lozim. Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun yetarli mablag‘ ololmasa, o‘gay ota va o‘gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham aliment majburiyatini yuklatilishi mumkin. O‘gay ota va o‘gay onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz ta'minotga muhtoj o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarni ixtiyoriy ravishda moddiy ta'minlashga rozi bo‘lishi ular o‘rtasda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


O‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onaga aliment berish majburiyati
Oila kodeksini 128-moddasiga binoan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘gay ota va o‘gay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun mablag‘ ololmasa, ularga ta'minot berish majburiyati o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin. O‘gay bolalarning o‘gay ota, o‘gay onaga aliment berish majburiyati belgilangan bo‘lib, u o‘z mazmuni bilan amaldagi Oila kodeksining 127- moddasida belgilangan bolalarning o‘z ota-onasiga ta'minot berish majburiyatlariga o‘xshaydi. O‘gay bolalarda o‘gay ota-onaga aliment to‘lash majburiyatining kelib chiqishi uchun birinchidan - o‘gay ota va o‘gay onaning o‘z ota-onasi, eri yo ki xotini (sobiq eri yoki xotini) hamda voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasligi yoxud ulardan qandaydir sabablarga ko‘ra ta'minot uchun mablag‘ olishlari mumkin bo‘lmasligi, ikkinchidan, ta'minot talab qiluvchi o‘gay ota, o‘gay ona mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bo‘lishi shart. Aliment to‘lovchi bolalarning o‘zi voyaga yetgan mehnatga layoqatli va ta'minot berish imkoniyatga ega bo‘lishlari shart. Bu talablar ham aliment majburiyatini belgilashda zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi. Quyidagi hollarda sudga o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj o‘gay ota va o‘gay onaga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish huquqi berilgan. Bular jumlasiga o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizning tarbiyasi va ta'minoti uncha uzoq davom etmagan (ya'ni, 5 yildan kam muddatni tashkil etgan) bo‘lishi, shuningdek o‘gay ota va o‘gay ona o‘gay o‘g‘li va o‘gay qizini tarbiyalash yoki unga ta'minot berish borasidagi o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi kiradi.

Foydalaniladigan adabiyotlar:



  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “ O`zbekiston”, 2021.

  2. O`zbekiston Respublikasi oila kodeksi. T., “Adolat”, 2021.

  3. O`zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar. T., “Adolat”, 2021.

  4. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida Konvensiya, Toshkent-1998.

  5. Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. YUNESKO 1995 yil 16 noyabr, Parij.

  6. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. T., “O`zbekiston”, 2017.

  7. Yodgorov X. [va boshq.] Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi [Matn]/–Toshkent: Baktria press, 2016. – 224 b.

  8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son).

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021 y., 03/21/716/0877-son
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə