Og`zaki bayon qilish metodlari



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə3/3
tarix20.10.2023
ölçüsü53,5 Kb.
#128654
1   2   3
Og`zaki bayon qilish metodlari

Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

  • Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

  • Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo’lsa, shamol yo’nalishini aniqlasak bo’ladimi?

    Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy xarakterga ega ekanligi o’quvchilarga tushuntiriladi.Tajribali o’qituvchilar tushuntirish momentlarini oldindan belgilaydilar.Bu momentlarning har biri puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Nazariy va amaliy materialni puxta, izchil bayon qilish , puxta o’ylangan tushuntirishlar va qo’shimchalar, tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta’sirchan metodiga aylantiradi. Mamlakatlar , iqitisodiy zonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlar iqtisodiyoti tushuntirilayotganda o’qituvchi avvalo, dalillarga asoslangan ma’lumotlar yig’adi. Masalan, biror mamlakat sanoati tushuntirilganda unga doir bo’lgan savollar aniqlanadi.O’zbekiston geografiyasida O’zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish mumkin:
    O’zbekiston sanoatining Yaponiya, Isroil sanoatiga nisbatan birmuncha zaiflik sabablari
    O’zbekiston sanoatining hozirgi zamonda rivojlantirish vazifalari.
    Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi.
    Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari.
    O’qituvchi har bir savolga faktlarga tayangan holda javob berishi kerak.Yuqori sinflarga o’tish bilan tushuntirishda hikoya elementlari deyarli uchramaydi.
    Tushuntirish jarayonida o’quvchilar tomonidan javob reaksiyasining bo’lishini ko’zda tutish kerak. O’qituvchi qisqa muammoli savollar berishini , qiyin o’rinlarini qanday tushunganliklarini so’rash , aqliy va amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin. Ikki tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi.
    Yüklə 53,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə