Og`zaki bayon qilish metodlari



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü53,5 Kb.
#128654
1   2   3
Og`zaki bayon qilish metodlari

Hikoya ob’yekt va hodisalarni tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda ifodalanishidir.
O’qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo’lgan belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o’quvchilarda materialni o’zlashtirishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati faktorlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Ba’zan o’qituvchi asosiy bilimlarni o’zlashtirilishi qiyinlashtiradigan bir qator qo’shimcha, ikkinchi darajali ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o’quvchi ekskursiyada olgan taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan ko’rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi.
Agar o’qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng qo’llaniladi.

  1. O’rganilayotgan kursda faktik bilimlar tuzilishini bayon qilishdan iborat bo’lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar, materiklar, okeanlar haqida, O’zbekiston geografiyasida kishilarning xo’jaligi turmush madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi.

  2. Tasviriy hikoyalar bu turdagi hikoyaning asosiy maqsadi geografik ob’yekt va hodisalar haqida o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan iborat.

Birinchi turdagi hikoyalar materialni o’rganishda asosiy metod sifatida qo’llanilsa , illyustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to’ldiruvchi qo’shimcha material sifatida ishlatiladi.
Ko’pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta hikoyani bayon qilishda ham qo’llanishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini badiiy va bop ailmiy ommadabiyotlar, o’qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasviriy hikoya geografik talablarga javob berishi bilan birga ob’yekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg’unlashgan bo’lishi lozim. Geografiya ta’limidagi karta, rasmlar asosida hikoyalar ham keng qo’llaniladi.
Hikoyada ob’yektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib ko’rsatilishi yaxshi natijalar beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zan hikoya darsda mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning boshida yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlaydi. Oxirida qo’llanilsa o’rgatilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut , quyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida o’quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo’lib, faol ishga jalb qilinmaydilar. Hikoya anchaga ketsa ham ular diqqati asosida va oqibatda uning ta’siri kamayadi. O’qituvchi hikoya vaqtida o’quvchi yoshiga mos keladigan dars mazmuniga to’g’ri keluvchi materiallar to’plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo’lmasligi kerak. O’qituvchi faqat o’zi bilgan narsalarni gapirmasdan balki mavzuga oid bo’lgan materiallarni hikoya qilmog’i zarur. Hikoya yakunida soddalashtirib yubormasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta, aks etishi kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlar shakllanishida muhim omil bo’lish maqsadiga muvofiq. Hikoya paytida ayrim mavhum narsalar, raqamlar doskaga yozib borilishi kerak.Hikoya davomida o’qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Tushuntirish – nazariy o’quv materialini egallash shakli bo’lib, o’quvchilarga geografik jarayon va qonuniyatlarini kengroq ochib berishi lozim bo’lganda qo’llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish shakllari tahlil va sintez kuzatish va xulosalarni tahlil qilish , induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish) , deduksiya (ilgari o’rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum qoida, ta’rifini shakllantirish) keng qo’llanildi.
Yerning shakli kattaligi geografik kenglik va uzoqlik, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus to`ri, tog’larning paydo bo’lishi, musson, siklon, antisiklon, frontlar, geologik hodisalar , iqtisodiy qonuniyatlar ishlab chiqarishni joylashtirish shakllarini o’rganishda tushuntirish metodidan keng foydalaniladi.
Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy Osiyo mavzusini o’tishda musson tipidagi iqlimni quyidagicha tushuntirish mumkin.Ma’lumki, Sharqiy Osiyoning eng katta okean bilan tutash joyida joylashgan. Shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv ustida turlicha xarorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada quyidagi tayyor reja asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.


  1. Yüklə 53,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə