Oila. Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari


Oila tanazzuli, fikrimizcha, quyidagi besh omilga bog’liq xolda yuz beradi



Yüklə 101,35 Kb.
səhifə2/13
tarix05.09.2023
ölçüsü101,35 Kb.
#121345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oila. Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari-fayllar.org

Oila tanazzuli, fikrimizcha, quyidagi besh omilga bog’liq xolda yuz beradi:
  1. Er-xotinning ma’naviy-ahloqiy jihatdan bir-biriga mos kelmaganligi sababli.


  2. Farzandsizlik okibati.


  3. SHu xolatning teskarisi bo’lib, uch-turt xotindan to’g’ilgan kup farzandlar orasidagi me’ros talashuvi.


  4. Mafkuraviy omil bo’lib, bu qizil imperiya xukumronligi davrida oilaviy munosabatlarga bepisan karashda namoyo bo’ladi.


  5. Tantikrok usgan ayrim yoshlar orasida turmush mashakatlariga chidamsizlik, turmushni engil tushunish, utkinchi xavaslar bilan yashashga moyillik illati.


  6. Oila keng ma’noda avlodni davom ettirish va bolalarni tarbiya etishda amalga oshiriladigan ijtimoiy formadir. Oila qonuniy nikoh bilan boglangan kishilarning o’zaro tashkil topgan qon-qarindoshligi va ittifokilir. Oilaning asl ma’nosi shuki, er-xotin bir yostiqqa bosh qo’yadi turmush zahmatlari va sevinchlarini birgalikda tortishga, umrlarining oxirigacha bir-birlariga vafodor va sadokatli bulishga axd qiladilar. Oila qurganlar xayotning notekisliklariga, qiyinchiliklariga birgalikda barham berishga, bolalari to’g’risidagi g’amxo’rlik qilishga, bir-birlarini xurmat qilishga, e’zozlashga intiladilar.





Yangi davr oilasi: tipologiyasi, turlari, xususiyatlari
Oilani turlarga bo‘lganda, turli olimlar turlicha yondashadilar. Masalan, Sank-Piterburg-lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan iborat oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Xususan, u monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai nazaridan farqlashni taklif etgan. Undan tashqari, Golod o‘z kitobida oxirgi yillarda Rossiyada keng tarqab borayotgan o‘ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy jamoatchilikning diqqatini qaratadi.
Patriarxal monogam oila – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra oiladagi erkak kishining nufuzi, etakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o‘g‘il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o‘rtog‘ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o‘tib, o‘z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug‘ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo‘lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug‘ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo‘ladilar.
Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro‘si otaning, erning, o‘g‘ilning iqtisodiy maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning professional maqomi ko‘p hollarda oilaning, turmush o‘rtog‘ining ijtimoiy maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, farxzandlar ko‘z o‘ngida otaning avtoriterti pastlaganday bo‘ladi, ayrim holatlarda erning oila ta’minotaidagi ulushi tushib ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 101,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə